Kanalga obuna
Keys · 2-oktabr, 2025

Saytning key visual qismini tahlil qilamiz

Un zavodi saytida B2B mijozlar uchun birinchi ekranga ishlab chiqarish jarayonini koʻrsatadigan video qoʻyish toʻgʻri. Oxirgi isteʼmolchi uchun esa tayyor mahsulot va undan pishiriqlar koʻrsatilgan boʻlardi.

Hamma javob yozganlar uchun rahmat.

Endi keling buni tahlil qilamiz.

Saytda birinchi ekrandagi rasm — KEY VISUAL deb nomlanadi.

Bizni holatimizda un ishlab chiqaradigan zavod.

Saytga kiradigan odamlar — 80% tadbirkorlar B2B mijozlar.

Ular uchun nima muhim?

- Mahsulot sifati → undan tayyorlangan mahsulotlar / ishlab chiqarish jarayoni - Upakovka → tayyor mahsulot rasmi - Bug'doy sifati → dalani va kombaynni - Ishlab chiqarish → zavodni rasmini qo'yish

Demak bir nechta kriteriyalar bor. Shundan kelib chiqib eng yaxshi usul bu → fonga production tomonidan tayyorlangan, yuqoridagi barcha jarayonlarni ko'rsatadigan video qo'yish kerak bo'ladi.

Keyin pastdagi boshqa bloklarda yuqorida bo'limlarni alohida yoritib berish kerak bo'ladi.

Agar sayt "конечный потребитель" uchun bo'lganida — qadoqlangan mahsulotlar yoki undan tayyorlangan pishiriq va boshqa mahsulotlarni qo'yish kerak bo'lar edi.

Asl postni Telegramda ochish →