Tezlik biznesda sifatdan muhimroq
Tez harakat qilish tez oʻsish va xatolarni tez tuzatishga yordam beradi. Gʻoya kelsa, koʻp oʻylamay amalga oshirish, har kuni oʻrtacha post chiqarish kerak.
Iloji boricha tez xarakat qilishing kerak.
Hamma narsada, ishda, javob berishda, loyihalarda.
Qancha tez ishlasang — shuncha ko'p narsaga ulgurasan.
Biznesda tezlik sifatdan ham muhimroq bo'lib qolgan.
Bu juda tez o'sishga va tez xatolarni to'g'irlashga yordam beradi.
G'oya keldimi, tez amalga oshir. Bir oyda 4 ta zo'r sifatli reels/postdan ko'ra, 30 kun davomida har kuni o'rtacha 1 ta post samaraliroq bo'ladi.
Bu dunyoda vaqting cheklangan. O'ylab, stressga tushib, kimdandir hafa bo'lib, risk qilishga qo'rqib o'tirishga vaqt yo'q.
O'ylashni kamaytir — ko'proq ishla. G'oyalar ko'p o'ylagandan emas, balki ko'p amaliyotdan keladi.
Oldinga yursang yo'r ko'rinadi.
Juda ko'p xatolarim tezlik yetishmasligidan yuzaga kelgan.
→ tez ishla → tez javob ber → tez variantlarni ko'rsat → tez taklif ber → tez o'yla → tez qaror qabul qil. → tez sot
2025 yilda manga yetishmagan eng katta narsalardan bir shu bo'lgan.
Asl postni Telegramda ochish →