Kanalga obuna
Fikr · 25-avgust, 2026

Boshqa xizmatni qadrsizlantirish trendi

Instagramda oʻz mahsulotini sotish uchun boshqalar xizmatini qadrsizlantirish trendi tanqid qilinadi, sohasining ustasi bunday mayda ishlar bilan band boʻlmaydi.

Hozir instagramdagi bitta trendni hech tushunmayapman.

Nima uchun hozirgi odamlar o'zini maxsulotini sotish uchun boshqa birovni xizmatini qadrsizlantirish bilan band?

Bittasi chiqadi — Jarvis bir tiyn, uni o'rniga AI agentlar yaxshi deb.

Ikkinchisi chiqadi — web saytlarni mutaxassislarga qildirmang, meni tekin kursimni oling deb

Uchinchisi chiqadi — shaxsiy brendni yurg'izish uchun endi mutaxasis kerak emas, AI hammasini qiladi deb.

To'rtinchisi chiqadi — SEO / Google ads kerak emas, endi hammai ai ichida deb.

Eng qizig'i shu boshqalarni xizmatini qadrsizlantirayotganlarning hammasi o'zini xizmatini yaxshi sota olmayotgani uchun shunaqa yo'lga o'tib olishgan.

Odam o'zini sohasini ustasi bo'sa hech qachon boshqalar bilan, bunaqa mayda ishlar bilan band bo'lmaydi deb o'ylayman.

Siz nima deb o'ylaysiz?

Asl postni Telegramda ochish →