Kanalga obuna
Keys · 21-iyul, 2024

Rimedia agentligi uchun landing page

Internet marketing va production agentligi uchun landing page 90% ga tayyor, birinchi ekranda barcha xizmatlar joylashtirilgan. Post agentliklarga sayt nima uchun kerakligini 6 sababda koʻrsatadi.

Rimedia agentligi uchun landing page

Rimedia internet marketing va production agentligi uchun landing page tayyorladik.

Bu loyihani 90% ga tugatdik. Bazi matnlar va dizayn elementlari o'zgaradi.

Mijoz birinchi ekranda barcha xizmatlarimiz ko'rinib tursin degan vazifa bergan. Shuning uhcun birinchi ekranga barcha xizmatlarni yukladik.

Marketing agentliklarga nima uchun sayt kerak?

1. Agentlik o'ziga mijoz jalb qilish uchun sayt ishlatadi.

2. Keyslar va natijalarni instagramda to'liq yoritib bo'lmaydi, shuning uchun saytga yuklanadi.

3. Ko'p holatlarda agentliklar mijozlariga sayt qildirishni vazifa qilib berishadi, lekin o'zlarida bo'lmasa noqulay vaziyatga tushishadi.

4. Saytdan sifatli "leadlar" olish uchun.

5. Saytda tayyor brifni mijozga berish orqali vaqtni tejash mumkin.

6. Xizmatlarni to'liq va tushunarli qilib yozib chiqish mumkin. Mijozlar bilan keyinchalik ishlash oson kechadi.

🖥 Tez orada saytni linkini beraman

Asl postni Telegramda ochish →