Oldindan toʻlovsiz ish boshlamayman
Oldindan toʻlovsiz ishlash pul va muammolarga olib keladi. Shartnomada muddat, toʻlov sanalari va aniq texnik vazifa alohida yozilishi kerak.
Oldindan to'lovsiz hech kim bilan, hech qachon ish boshlamayman.
Judayam ko'p oldindan to'lov olmasdan ishlagan loyihalarimdan pulimni ola olmay qolganman, yoki pulimni hammasini berishmagan.
Aynan o'sha loyihalarda muammolar kelib chiqgan.
Yoki pulini to'lasin yoki boshqa odamga buyurtma bersin.
Loyiha uchun shartnoma tuzilsa 3 ta muhim joyni alohida yozish kerak.
1. Loyiha boshlanishi va tugash sanasi 2. Pred-oplata va post-oplata. (Boshlang'ich to'lo'v va qolgan to'lo'v) berilish sanalari. 3. Aniq TV (Texnik vazifa). Ish o'rtasida yoki ish oxiriga yetib qolganida yangi narsalarni qo'shish uchun yoki alohida shartnoma tuzilishi kerak, yoki qo'shishdan bosh tortish kerak.
Asl postni Telegramda ochish →