Kanalga obuna
Hikoya · 27-iyul, 2024

Mijoz yoʻqoldi, lekin yangi imkoniyat chiqdi

Mijoz ish tugagach pulni bermay yoʻqoldi, muallif esa shu tijoriy taklifni agentliklarga taklif qildi va 20 dan ortiq javob oldi. Tijoriy taklif uchun 4 ta koʻnikma kerak, narxi $100 dan $600 gacha.

Mijoz yoʻqoldi, lekin yangi imkoniyat chiqdi

Yaqinda bir mijoz bilan ishni boshladim. Marketing agentligi uchun tijoriy taklif qilib berish vazifasini olgan edim. Ishni qilib bo'lganimdan so'ng mijoz pulni ham bermadi, o'zi ham yo'q bo'lib qoldi.

Keyin imkoniyatni yo'qotmaslik uchun agentlik egalariga shu TT moslashtirib berish taklifini berdim. 20 dan ortiq odam yozdi.

Hozir ulardan 3 tasini tanlab ishni boshlamoqchimiz.

Birinchisi Aziz Axtamov. Obsess agentligi rahbari bo'ldi. Ularni tijoriy taklifini audit qilib 13 ta o'sish nuqtasini aniqladim.

*** TIjoriy takliflarni qilish uchun 4 ta ko'nikma kerak: 1. Marketingni tushunishingiz kerak 2. Sotuvni tushunishingiz kerak 3. Tushunarli va sotuvchi matn yozish. 4. Dizayn ko'nikmasi.

Tijoriy takliflarni $100 dan boshlab $600 gacha sotish mumkin. 💸

Asl postni Telegramda ochish →