Sayt sotuvchilar uchun TOP 5 kitob
Saytlarni qimmat sotish va kuchli mutaxassis boʻlish uchun matn, dizayn, landing, marketing va sotuv boʻyicha 5 ta kitob tavsiya qilinadi.

Saytlarni qimmat sotish va kuchli mutaxassis bo'lish uchun TOP 5 ta kitob.
1. "Пиши, сокращай" — bu kitob sizga matnlarni tushunarli va oddiy qilib yozish ko'nikmasini beradi. Bu bilimlar saytlardagi matnlarni ham yozishingizga yordam beradi. ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
2. "Кради как художник" — boshqalarning qilgan ishlaridan ilhomlanib shaxsiy g'oyangizni o'ylab topishni o'rgatadigan kitob. Dizaynda hamma narsa o'ylab topilgan. Sizning qiladigan ishingiz 90% to'g'ri kombinatsiya va 10% kreativ. ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
3. "Идеальный лендинг" — eski lekin haligacham samarali bo'lgan kitob. Qanday qilib ideal "landing page" yasash mumkinligi haqida yozilgan. ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
4. Генератор клиентов — bu kitob sizga marketingning asoslarini o'rgatadi va saytga kiradigan odamlarni chuqur o'rganishga, raqobatchilarni to'g'ri tahlil qilishingizga yordam beradi. ⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
5. Unlock IT. Dan Lok ismli xitoylik sotuv bo'yicha mutaxassisning yozgan kitobi sizga qimmat sotish, tez va to'g'ri rivojlanish formulasini o'rgatadi. ⭐️⭐️⭐️⭐️
Kitoblarni o'qib bo'lganingizdan so'ng olingan bilimlarni sinab ko'rish kerak. Xaqiqiy amaliyotda olingan bilimlar sizga katta yordam beradi.
Asl postni Telegramda ochish →