Har bir maqsadning oʻz narxi bor
Ustoz, mashina, jamoa, daromad, salomatlik va intizom kabi maqsadlarning hammasi shartlar bilan keladi. Savol: bu shartlarni bajarishga va masʼuliyat olishga tayyormanmi.
Har bir maqsadni o'z narxi va shartlari bor.
Ustoz/mentor kerak deymiz → shogirdlik shartlariga tayyor emasmiz.
Qimmatbaho ulov orzusidamiz → xarajatlariga pulimiz yo'q
Katta jamoani boshqarishni istaymiz → ular uchun mas'ul bo'lishni xohlamaymiz.
Katta daromad xohlaymiz → shunga yarasha ehson qilishga tayyor emasmiz.
Sog'lom bo'lishni xohlaymiz → hayot tarzimiz nosog'lom.
Yaxshi do'stlarni xohlaymiz → qiyin vaziyatda borimizni bera olmaymiz.
Intizom xohlaymiz → "komfort"dan chiqishni xohlamaymiz.
Bu ro'yxatga minglar narsalarni yozish mumkin. Lekin asosiy tushunishimiz kerak bo'lgan narsa, biz xohlayotgan maqsadlarning shartlarini ham bajara olamizmi yo'qmi degan savolni doim berish. O'sha mas'uliyatni olishga tayyor bo'lish.
Asl postni Telegramda ochish →