Kurs konspektini tizimli yuritish
Konspektni Notionda 8 qismga boʻlib yuritish va dars oxirida ChatGPT yordamida spikerga savollar tayyorlash usuli tushuntirilgan.

✍️ Qandaydir kursda qatnashsangiz siz ham shunday ko'rinishda konspekt qilishingizni maslahat beraman.
Notionda saqlasangiz tizimlashgan xolatda turadi, har qanday paytda qaytib kelib ko'rish oson bo'ladi.
✍️ Qaydlar (Konspekt) ketma-ketligi:
1. Dars rejasi 2. Asosiy konspekt 3. Insaytlar 4. Maslahat va tavsiyalar 5. Vazifalar 6. Materiallar (PDF, audio, video, linklar) 7. Uyga vazifa 8. Post — instagram yoki telegram uchun.
Agar bunday tizimsiz yahlit bitta konspekt bo'lsa, ichidagi kerakli va muhim joylarini oson esdan chiqarasiz va kerakli paytda qidirib topa olmaysiz. Undan tashqari sizdan boshqa hech kim tushunmaydi.
⚙️ Yana bir zo'r instrument. Dars oxirida agar shaxsiy savolingiz bo'lmasa, shu konspektni ChatGPT ga tashlab, eng muhim savollarni tuzib chiqishni vazifa qilib bering, u yerdan eng yaxshi savollarini olib spikerga berishingiz mumkin, shunda siz bilmagan, qolib ketgan ma'lumotlarga javolarni olishingiz mumkin bo'ladi .
Asl postni Telegramda ochish →