Kanalga obuna
Qoʻllanma · 13-mart, 2025

Mustaqil fikrlash va 50 qadamli sayt jarayoni

Ishdan boʻshatish oson boʻlgan xodim faqat aytilganini bajaradi, mustaqil fikrlay olmaydi. Sayt yasash misolida 50 qadamli oʻylash jarayoni va oʻziga beriladigan savollar koʻrsatilgan.

Sizni ishdan bo'shatish yoki almashtirish qiyinmi yoki osonmi? O'zingizga savol bering.

Butun dunyodagi 41% kompaniyalar 2030 yilgacha xodimlarini ishdan bo'shatib, o'rniga sun'iy intellekt qo'yishni reja qilgan.

O'zbekistondayam xodimlar masalasida juda katta muammo bor, minglab talabalar kurslarni, universitetlarni bitirib chiqishadi, lekin ko'chada yoki ishsiz yoki umuman boshqa sohada ishlab yuribti.

Sababi nima deb o'ylaysiz?

Mani fikrimcha mustaqil fikrlashni bilmaydi. Robotga o'xshab faqat aytilgan ishni qila oladi, ko'p xollarda o'sha ishni aytilgandek ham qilishmaydi.

Unday ishchilarni esa bo'shatish ham oson, almashtirish ham oson, chunki har qanday odam uni o'rnini bosa oladi.

Shu mustaqil fikrlashni boshqa odamlarga o'rgatsa bo'larmika deb o'ylab qoldim va o'zimni bir ish qilayotganimda qanday fikrlashimni tahlil qildim.

Buni sayt yasash misolida tushuntirib beraman.

0. Mijoz topdim. 1. Birinchi mijozni olish yoki olmaslik haqida o'ylayman, aniq filtrlarim bor 2. Ishni baholayman, qila olamanmi yoki yo'qmi, bu qancha vaqtim va kuchimni oladi ? 3. Loyihani oldim 4. Birinchi qadam loyiha maqsadini aniqlash, ular bilan chuqur interyu o'tkazish 5. Mustaqil ravishda shu soha haqida ma'lumot to'plash, o'rganib chiqish, sohani ichiga sho'ng'ish. Google/youtube/chatGPT/Mutaxassislardan ma'lumot yig'ish 6. Raqobatchilarni o'rganish, chet eldagi raqobatchilarni tahlil qilish, ularni kuchli tomonlarini topish, zaif tomonlarini ko'rish 7. Maqsadli auditoriyani aniqlash, ular haqida ma'lumot to'plash, ularning o'g'riqlarini va muammolarini aniqlash. Kerak bo'lsa ular bilan suxbatlashish. 8. Referenslarni yig'ish. Maksimal darajada ko'p yig'ish. 9. Saytni bloklarini aniqlash 10. Bloklar ketmaketligini aniqlash 11. Har bir blok uchun matn yozish. 12. Matnni kuchaytirish uchun nimalar qo'shish mumkinligi haqida o'ylash 13. Matnni xatolarini tekshirish, yanada kuchaytirish 14. Prototip ko'rinishiga keltirish 15. Prototipni qulay qilish 16. Prototipni tekshirib chiqish va chiroyli qilib yasash 17. Brendbookni o'rganib chiqish 18. Referenslar yig'ish 19. Asosiy referenslarni aniqlash 20. Dizayn konsept qilish 21. Konsept uchun elementlar bazasini yig'ish 22. Birinchi ekranni chizish 23. Dizaynni kuchaytirish 24. Yana bir nechta variant chizish 25. Baholatish 26. Tasdiqlatish 27. Keyingi ekranlarni dizaynini chizish 28. Boshqa saytlar bilan solishtirish 29. Saytlar orasida eng chiroylisi bo'lishiga intilish 30. Mobil versiyasini chizish 31. Xatolarini to'g'irlash 32. Qulay bo'lishini ta'minlash> 33. Standartlarga mosligini tekshirish 34. Mijozga tasdiqlatish 35. Verstkachi uchun qulay qilish 36. Verstka qilinganda qanday ko'rinishda bo'lishini test qilish 37. Verstkaga o'tish 38. Standrtlar asosida verstka qilish (standartlar 100 ga yaqin qoidalardan iborat) 39. Saytni tezligini tekshirish 40. Qulayligini tekshirish 41. Sozlamalarini tekshirish 41. CRMlarni tekshirish 42. Testdan o'tkazish 43. Adaptivligini tekshirish 44. Mijoz bergan fidbeklarni olish 45. Sayt uchun qo'llanma qilish 46. Saytni mijozga taqdim etish 47. Saytni topshirish 48. Saytni testdan o'tkazish 49. Saytni korrektsiya qilish 50. Mijozni rozi qilish.

Man 50 ta punkt yozdim, lekin ko'p mutaxassislar shulardan 18 tasini qilishadi.

Har qanday ishda shu savollarni o'zingizga bering:

1. Chuqurroq vazifani tushunish uchun nima qilish kerak? 2. Yaxshiroq qilish uchunchi? 3. Xatolarni tekshirishim kerakmi? 4. Chiroyliroq qilish uchun-chi? 5. Samaraliroq qilish uchunchi-chi? 6. Osonroq qilish uchun nima qilishim kerak? 7. Qanday yangilik qilsam bo'ladi? 8. Mijozni rozi qilish uchun-chi? 9. Mandan keyingi odamga osonroq bo'lishini ta'minlash 10. Qoidalar asosida qilish

Bularni hammasini shogirdlarimga o'rgataman, lekin baribir fikrlashni o'zgartirish uchun vaqt kerak ekan.

Asl postni Telegramda ochish →