Kanalga obuna
Hikoya · 22-aprel, 2025

14 yoshli shogirdning ajoyib intizomi

Internet va kompyuteri yoʻq, faqat telefondan oʻqiydigan 14 yoshli bola har kuni hisobot yuborib, dasturning oxirgi moduligacha yetib keldi. Toshkentda hamma sharoit boʻlsa ham 5 ta darsdan oʻta olmaganlar koʻp, farq intizomda.

14 yoshli shogirdning ajoyib intizomi

3 oy avval tog'am og'lini yonimga olib kelib shogirt qilib olishni so'radilar.

2011 yil. 14 yosh.

Manga shogirt bo'lib tushaman degan 99% odamlardan intizomliroq ekan shu bola.

Chunki 30 yanvardan boshlab deyarli har kuni manga ko'rgan darslari bo'yicha xisobot yuborib kelayapti.

Shuni ham inobatga olishingiz kerakki yashaydigan joyida internet zo'r ishlamaydi, kompyuteri yo'q, hamma darslarni telefondan ko'radi.

Toshkentda hamma sharoit bo'la turip 5 ta darsdan uyog'iga o'ta olmaganlarni juda ko'pini ko'rdim.

Hozir dasturning eng oxirgi moduliga keldi. Natijalari bilan bo'lishib boraman.

Asl postni Telegramda ochish →