Premium segmentga oʻting, arzon sotmang
Qimmat sotish mijozga ham, biznesga ham foyda beradi: siz koʻproq qiymat berishga majbur boʻlasiz va yaxshi mijozlarni jalb qilasiz. Narx oshirishdan oldin mahsulot qiymatini narxdan 10 barobar baland qilish kerak.
Premium segmentga o'ting, arzon sifatsiz narsalarni sotmang!
Dan Kennedy aytadi:
"There is no strategic benefit to being the second cheapest in the marketplace, but there is for being the most expensive
Qimmat sotish biznes uchun eng samarali yechimligidan tashqari, biznes va mijozlar uchun eng manfaatli va ma'naviy/axloqiy jihatdan ham eng to'g'ri yechim ham xisoblanadi.
Nima uchun unday?
Qimmat narsa/xizmat sotsangiz → ko'proq qiymat berasiz. Nima qilib maksimal darajada ko'p foyda bersam bo'ladi, yana nimalarni yaxshilash mumkin degan savollarni o'zingizga berasiz.
Arzon narsa/xizmat sotsangiz → e'tibor ham kam bo'ladi. Sifatini nazorat qilishga motivatsiya bo'lmaydi, mahsulot/xizmatni kuchaytirish, yaxshilash yoki ko'proq qiymat berish haqida o'ylamaysiz. Tezroq ishni tugatishni xohlaysiz. Mijozdan qutilishni xohlaysiz.
Narxni tushirish quyidagilarga olib keladi: » Mijozlarni e'tiborsizligiga » Eng yomon mijozlar kelishiga » Eng sifatsiz mahsulot/xizmat ko'rsatishga » Qiymat tushib ketishiga
Narxni ko'tarish esa quyidagilarga olib keladi: » Mjozlarni qiymati baland xarid qilayotganini tushunadi » Narxdan bir necha barobar katta qiymat olishadi » Eng zo'r mijozlarni jalb qiladi » Eng yaxshi natijalarni ko'rsatishga olib keladi. » Shaxsiy daromadingizni bir necha barobarga oshiradi.
Lekin mahsulot yoki xizmat ichiga hech qanday o'zgarishlar kiritmasdan birdaniga narxlarni ko'tarib bo'lmaydi. Mijoz to'layotgan narx va olayotgan qiymat o'rtasida 10x ijobiy tomonga farq bo'lishi kerak.
"100 mln offers kitobidan xulosalar"
Siz xizmatlaringizni arzon sotasizmi yoki qimmat sotasizmi?
Asl postni Telegramda ochish →