Kanalga obuna
Qoʻllanma · 21-iyun, 2025

GPT ichida loyiha va mavzu chatlari

Har safar yangi chat ochmasdan, loyihalar uchun papka va mavzular boʻyicha doimiy chatlar yaratish tavsiya qilinadi. Shunda GPT kontekstni oʻzi biladi, vaqt tejaladi va javoblar aniqroq boʻladi.

GPT ichida loyiha va mavzu chatlari

GPT bo'yicha sizlar uchun bitta layfhak.

Bir yaqin do'stimdan o'rgandim.

Odatda GPT ichida yuzlab har hil chatlar bo'lib ketadi, har safar yangi savol uchun noldan chat ochiladi va kontesktni boshidan tushuntirib berishga to'g'ri keladi.

Shunday qilmaslik uchun yechim bor.

1. Bu yerda asosiy ishingiz turadi.

Masalan manda: - Humoyunni mentorligi - Asror Iskandarovning kurslari

Bu ikki loyihada marketologman. Shu loyihalarga tegishli bo'lgan hamma ma'lumotlarni shu 2 ta papka ichiga yuklaymiz va ishimiz ancha oson bo'ladi, boshqalarga ham "dostup" berish mumkin.

2. Bu kun davomida odatiy beradigan savollarimiz. Hammada individual, shaxsiy kategoriyalaringizni ishlab chiqishingiz kerak.

Manikini misolda ko'rib turibsiz. Endi har safar savol tug'ilganda yangi chat ochmasdan, bor chatga mavzusi bo'yicha beraman, shunda kontektni tez tushunadi, mani tariximdan kelib chiqib javob beradi.

Bu 2 ta narsa sizni

- vaqtingizni tejaydi - aniqroq javob olasiz - chatning xotirasi bo'ladi - tizimli ma'lumotlar bo'ladi.

Sizda nima layfhaklar bor?

Asl postni Telegramda ochish →