Kanalga obuna
Roʻyxat · 12-oktabr, 2026

Claude tokenini tejashning 7 usuli

Claude har xabarda butun yozishmani qayta oʻqiydi, shuning uchun uzun chat qimmatga tushadi. Post tokenni tejash uchun 7 ta amaliy usulni beradi.

Aslida Claude'ning ko'p token ishlatishi ko'p ish qildingiz degani emas.

Claude eski kontekstni qayta va qayta o'qiyapti degani.

Claude chatni eslab qolmaydi. Har bir yangi xabarda unga butun yozishma, fayllar va ko'rsatmalar boshidan yuboriladi. Shuning uchun uzun chatdagi 50-xabar birinchisidan bir necha barobar qimmatga tushadi.

Tokenni tejashning 7 usuli:

1. Bitta vazifa → bitta chat. Mavzu tugadi → yangi chat (Claude Code'da /clear) 2. Chat uzayib ketsa → /compact. Butun tarix qisqa xulosaga aylanadi 3. Noto'g'ri so'radingizmi? "Yo'q, men boshqa narsani nazarda tutgandim" deb yozmang. O'z xabaringizni tahrirlang ✏️ Aks holda xato tarixda qolib, har safar qayta o'qiladi 4. Doimiy fayllarni Projects ichiga joylang, har chatga qayta yuklamang 5. Skrinshot qimmat: bitta rasm 1–1,5 ming token. Matn bilan tushuntirsa bo'ladigan joyda matn bering 6. Oddiy ishga oddiy model: matn va tuzatishlarga Sonnet, murakkab ishga Opus 7. Qisqa javob so'rang: "5 qatorda javob ber". Uzun javob ham keyingi har bir xabarda qayta o'qiladi

Claude har safar o'qiydigan fayllar qancha kichik bo'lsa, limit shuncha uzoqqa yetadi.

Asl postni Telegramda ochish →