Kanalga obuna
Keys · 4-iyul, 2025

Oʻquvchi natijasi: oylik daromad 900 dollar

Oʻquvchi sayt yasash darslaridan keyin ikki oyda 8 ta yirik loyiha qilgani va daromadi 3-4 baravar oshganini yozadi. Qoʻshimcha qiymat berish, robotdek ishlamaslik tamoyili natija bergan.

Oʻquvchi natijasi: oylik daromad 900 dollar

Assalomu alaykum va Rohmatullohi va Barakatuhi Salomatmisiz Umid aka? Ishlariz yaxshimi?

Hozir sizga oddiy bo'lsada qalbimdan chiqayotgan samimiy minnatdorchiligimni aytmoqchiman. Eslagan bulsez 4oy oldin prototype jamoasiga qo'shib va 0dan sayt yasash darsliklarizga dostup bergan ediz Umid aka, hozir Alhamdulillah oxirgi 2oy ichida 8ta yirik loyihalarni saytlarini qildim (bularni orasida Sarvar aka Zaynutdinov, va bir necha boshqa agentsva va kompaniyalar bor har xil), va daromadim 3-4x oshib, oylik 900$ + daromadga chiqdim. Va yaqinda ishlarimni yanada samaraliroq qilish uchun Mac Air M2, va iphone 13 pro oldim. Bularning barchasi sizning sabog'iz natijasi, sizga kottakon rahmat Umid aka. Esizda bo'lsa bir gap aygandiz menga, "Boshliq odam qachon xodimini yo'qotishdan qo'rqadi, qachonki xodim vazifadan tashqari qo'shimcha qiymatla berganda ya'ni robotdek ishlamaganda qo'rqadi". Shu gapni ushandan buyon haligacha har bir proyektimda va shaxsiy hayotimda qo'llab kelyapman va bu natijasini beryapti.

Shuningdek eng quvonarlisi, Yoshlar Ishlari Agentligi bilan aloqam borligi uchun IT ga oid camplarda mentor sifatida ham chaqirishyapti, hozircha bitta campga mentor sifatida borib keldim, u yerda nocode va veb-dizayn bo'yicha 3kun workshop o'tib berdim 80ga yaqin o'quvchilarga, va camp oxirida jamoalarni startap mvp larini sayt tomonlama baholash uchun hakamlik ham qildim. Campdan keyin boshqa tanishlarim ham hakatonlarga, Rahimov school ga spikerlikka taklif qilishdi, u yerda ham yoshlarga Nocode haqida to'liq tushuncha va qiziqish uyg'ota oldim va kanalimga nocode ga qiziquvchi 60 ga yaqin auditroiya yig’a oldim

Asl postni Telegramda ochish →