Odamlarni boshqarishni kimdan oʻrganish kerak
Odamlarni boshqarish koʻnikmasini mustaqil emas, ustoz yoki kuchli rahbardan oʻrganish osonroq. Muallif uchta yoʻlni va oʻzining hozirgi qadamlarini sanaydi.
Eng erta yoshdan qaysi ko'nikmani rivojlantirgan bo'lar eding deb manga savol berishganida — odamlarni boshqarish ko'nikmasi deb aytgan bo'lar edim.
Iloji bo'lsa mustaqil emas, kimdandir o'rganish kerak ekan. Mustaqil 2020 yildan boshlab 1-2 ta odam, keyin 10 tagacha odamdan tashkil topgan jamoani boshqarganman, haliyam qiynalaman. Chunki manga hech kim odamlarni boshqarishni o'rgatmagan. Miyyamda juda ko'p noto'g'ri "ustanovkalar" shakllanib qolgan.
3 ta asosiy yo'llar orqali odamlarni boshqarishni o'rganish mumkin ekan:
1. Tadbirkor ota-ona. Shunday oilada katta bo'lgan mandan bir necha yosh kichik, lekin katta jamoalarni boshqaradigan juda ko'p odamlarni taniyman.
2. Mentor. 1-3 yil ustozining qo'lida xizmat qilib odamlarni boshqarishni to'g'ridan to'g'ri ko'rgan va hozirgi kunga kelib o'zi katta jamoalarni boshqaradigan ko'p tanishlarim bor.
3. Kuchli boshqaruvchiga ega korhonada ishlash. Rahbar sizga to'g'ridan to'g'ri mentorlik qilmasligi mumkin, lekin siz ko'rib, o'sha korhoda ishlab u kishining ko'nikma va bilimlariga ega bo'lishingiz mumkin.
Hozir birinchi navbatda bu ko'nikmani "Agentlik qurish bo'yicha mentorlikda" chuqurroq o'rganyapman. Undan tashqari o'zining agentligi bor tadbirkorlar va ekspertlar bilan suxbatlarni boshladim. Kitoblardan esa "Lider va qabila" o'qishni tavsiya qilishdi mentorlikda.
Lekin boshqarishni bilmadim deganimda ham hozirgi paytda to'g'ridan to'g'ri 7 ta odam bilan ishlar ekanman )
Asl postni Telegramda ochish →