Kanalga obuna
Hikoya · 4-fevral, 2025

Agentlik qurish: mutaxassisdan tadbirkorga

Artem Oblinov armiyada bir oy tugmali telefon bilan butun jamoani boshqarib, odamlarga koʻrmasdan ishonishni oʻrgangan. Agentlik qurishning birinchi qadami mutaxassis tafakkuridan tadbirkor tafakkuriga oʻtishdir.

Agentlik qurish uchun birinchi qadam ...

2023 yilda Artem Oblinov ismli odamdan mentorlik olgan edim, agentlik qurish va zapusk bo'yicha. Shunda u bir voqeani aytib bergan edi. Agentlik qurishni endi boshlaganda juda qattiq odamlarni boshqarishda qiynalgan ekan, o'zi oldin mutaxassis bo'lgani uchun doim ishlarni o'zi qo'li bilan qilib qo'yaveradigan odati bo'lgan ekan. Juda ko'p yechimlarni qilib ko'rgan, lekin qo'lidan hech narsa kelmagan.

Shunda bir kuni uni Armiyga olib ketib qolishgan, 1 oylik armiyaga. Qo'lida 1 ta knopkali telefon. Kompyuter yo'q, internet yo'q, smartfon yo'q, kuniga 1 soatdan kamroq ishlash uchun vaqti bor.

Agentlikdagi ishni to'xtatib qo'ya olmaydi, xodimlarga oylik berish kerak, premium mijozlarga xizmatni o'z vaqtida ko'rsatish kerak.

O'sha paytda har kuni 1 ta knopkali telefon orqali butun jamoasini 1 oy davomida boshqargan ekan. Odamlarni qilgan ishlariga ko'zi bilan ko'rmasdan turib ishonishni o'rgangan ekan.

O'sha imkonsiz va qiyin vaziyat uni odamlarni boshqarishga o'rgatgan ekan.

Agentlik qurishdagi eng birinchi qadamlardan biri — oldin bilgan va o'rgangan narsalaringizni barchasini unutish. Umuman boshqa insonga aylanish.

Mutaxassisdan → Tadbirkorga aylanish. Miyangizdagi mutaxassis operatsion tizimini tadbirkor tizimiga update qilish.

Shu bosqichdan o'tganimizdan keyin qo'limizdagi instrumentlar ishlashni boshlaydi.

Hammasi birinchi 🧠 dan boshlanadi.

Asl postni Telegramda ochish →