Kanalga obuna
Hikoya · 9-iyun, 2025

Freelanserdan tadbirkorgacha: parallel fikrlash

Freelanser ketma-ket fikrlaydi va vazifalarni oʻzi bajaradi, tadbirkor esa avval kim qilishini hal qilib, ishlarni parallel tarqatadi. Agentlik qurishda asbob va kurslardan koʻra fikrlashni oʻzgartirish muhimroq.

Freelanser pozitsiyasidan → tadbirkor pozitsiyasiga o'tish uchun 1 ta eng katta va eng qiyin qadam.

Siz bilan freelanser va tadbirkor fikrlashidagi farqlarni ko'rib chiqamiz.

Bu narsasni tushunib yetish uchun: — 7 marta noldan jamoa yig'ib ko'rdim — 5 ta assistent almashtirdim — Who not How, Buy back your time, Ideal boshqaruvchi, Prinsiplar, E-myth kitoblarini ichidagi boshqaruvga oid eng foydali maslahatlar va insaytlarni o'qib chiqdim. — 3.300$ ga Artem Oblinovning agentlik qurish bo'yicha kursini tugatdim — 2.000$ qiymatga ega Abdulloh Xikmatovning agentlik qurish bo'yicha kursini tugatdim. — va yana yuzlab postlar, youtubedagi videolar, ekspertlarning twitlarini o'qib chiqdim. — agentligi bor 10 dan ortiq ekspertlar bilan gaplashib ko'rdim.

Ular manga bu insaytni to'g'ridan to'g'ri aytishmadi, lekin deyarli hammasida shu narsani ko'rdim. Bu insaytni chuqur tushunib yetganimdan so'ng butunlay fikrlashim o'zgardi.

Eng keling bu insaytni ko'rib chiqamiz. Lekin diqqat bilan o'qing, hammaga tushunarli bo'lishi uchun juda sodda va chuqurroq tushintirishga xarakat qilaman. Bu yerda yozilgan ma'lumotlarni kitobdan topa olmaysiz.

Fikrlash 2 xil bo'lar ekan:

1. Ketma-ket fikrlash (Линейное мышление) — odam bajarishi kerak bo'lgan ishlarni ko'rganida birinchi navbatda miyyasida bu ishlarni qilishga qancha vaqt ketishi, qancha kuch ketishi, qaysi ketma-ketlikda bajarishi va qanday bajarishi haqida o'ylaydi. Keyin o'tirib bu ishlarni ketma-ket bajarishni boshlaydi. Avval birinchisini tugatadi, keyin keyingi vazifaga o'tadi. Ko'p vazifa olishga qo'rqadi, qila olmayman degan fikr bor. Ishlarni deadlinelarini o'tkazib yuborish qo'rquvi bo'rligi uchun cheklangan miqdorda vazifalarni oladi.

🧠 Fikrlash → Hozir 10 ta loyiha olsam, yana kechasi uxlamasdan ishlayman, charchayman, ishimni sifati tushadi. Undan ko'ra 3 ta loyiha olaman, zo'r qilib beraman.

2. Parallel fikrlash (Параллельное мышление) — odam bajarishi kerak bo'lgan ishlarni ko'rganida birinchi navbatda miyyasida tug'iladigan savol — bu ishlarni kim qiladi degan savol bo'ladi. Keyingi qadami shu ro'yxatdagi barcha o'zi qilmaydigan ishlarni parallel ravishda ishga tushiradi. Masalan 10 ta vazifa bo'lsa, ulardan 3 tasini o'zi qilishi kerak bo'lsa qolgan 7 tasi bir vaqtning o'zida boshlanadi va kerakli odamlarga tarqatib yuboriladi. Bunday fikrlash miyyadiga loyihalar va vazifalarni soniga nisbatan barcha qo'rquvlarni o'chirib tashlaydi.

🧠 Fikrlash → Tasavvur qiling, umumun loyihalarni qolingiz bilan qilmaysiz, qo'rqarmidingiz 40 ta loyiha olishga? Yo'q albatta, bu darajadagilar xuddi shunday fikrlashadi. Farq nafaqat vazifani kimgadir topshirishda, balki o'sha topshirilgan vazifadan qancha daromad qilishda.

Agentlik qurish bo'yicha 10 ta kitob o'qing, 5 ta kursda qatnashing, eng zo'r xodimlarni oling, ko'p pul bilan kiring, lekin fikrlashingizni birinchi navbatda o'zgartirmasangiz, hammasi bir tiyn. Bu 2025 yilda olgan eng katta insaytlarimdan bo'ldi, chunki yillar davomida faqat instrumentlarga fokus qaratib, texnik tomonlarini o'rganganim uchun yaxshi natijaga chiqa olmagan ekanman.

Bu mani shaxsiy tajribam, shaxsiy fikrlarim.

Tadbirkorlar bormi? Siz bu yo'lni qanday bosib o'tgansiz?

Asl postni Telegramda ochish →