Vazifalar koʻpligidan qutulish: AED va Who
Vazifalar koʻp boʻlsa miya ortga suradi yoki energiya haqida oʻylab vaqt yoʻqotadi. Yechim: AED qoidasi, "Who" savoli va "kam oʻyla, koʻp ish qil" tamoyili.
Bu qoidani qo'llashni boshlaganimdan so'ng ancha ishlarim osonlashdi.
Manda ko'p o'ylash bilan bog'liq muammo bor. Bu qilinishi kerak bo'lgan vazifalar soni ko'p bo'lsa va u vazifalarni vaqtida bajarishga ko'zingiz yetmasa - odamda "перегруз нервной системы" boshlanadi. Bu huddi kompyuterda birdaniga 10 ta o'yinni ochsangiz kompyuter qotib qolishiga o'xshaydi. Bu vazifalarni ro'yxati cheksizdek, tugamaydigandek ko'rinadi. Miya 2 ta yechimdan birini tanlaydi:
1. Vazifalarni ortga surish 2. Vazifalarga ketadigan energiya haqida o'ylash (yani hali bajarmasdan turib qancha kuch sarflash haqida o'ylaydi)
Shu bilan ko'p vaqt ishni qilishga emas, u haqida o'ylashga ketadi.
Manga 3 ta narsa yordam berdi.
1. Matt Grayning AED qoidasi:
A - automate - doimiy takrorlanadigan ishlarni avtomatlashtirish. Nima qilsam shu ishni qaytib qilmayman (Batafsil shu yerda yozilgan)
E - eliminate - ko'p hollarda ishlar "boshlash kerak" degan etapda turadi. Bu ro'yxatdagi hamma ishlar energiyani so'rib oladi. • Ro'yxatdagi ishlarni 10-15 daqiqa ichida qilish mumkin bo'lsa birinchi prioritetda ularni hal qilish • Noaniq ishlarni hammasini aniqlashtirish. (Sotib olish mumkin, bir gap bo'lar, boshlarman, aniq bilmayman degan ishlarni hammasini yoqotish yoki aniqlashtirish yoki hal qilish)
D - delegate - qanday qilaman emas, bu ishni kim qiladi deb savol berish. (Who not How kitobidan) • Har qanday taskni boshlashdan avval bu ishni kim qiladi deb savol berish • Sizga yoqmaydigan ishlarni yaxshi ko'rib qiladigan odamlar bor (Siz dizaynersiz va sizga matn yozish yoqmaydi, lekin millionlab copirayterlar bor) • (Batafsil) • (Batafsil)
2. Har qanday dunyodagi kotta natijaga chiqgan odamlarni ortida yoki yonida kotta jamoa turipti. Self-made man deganlarni hammasi yolg'on. • Michael Jordan - bir o'zi hozirgi natijasiga chiqgan bo'larmidi jamoasiz? • Mike Tyson - ustozi bo'lmasa natijaga chiqgan bo'larmidi? • Alex Hormoziga yashashiga joy, ovqatiga puli yoq paytda - ayoli ishonmaganida natijaga chiqgan bo'lardimi? • Iman Gazdhi jamoasi (100-150 ta odam ishlaydi) bo'laganida natijaga chiqgan bo'larmidi?
Misollar ko'p, xulosa bu insonlarning hammasi o'zi uchun "Who"larni topishgan.
"Biz bir kishi bilan emas, katta jamoalar bilan kurashyapmiz."
Ishlarni ortga surishni asosiy 2 ta sababi bor ekan.
1. Bu ishni qanday qilishni bilmaganingiz uchun (How) 2. Bu ishni kimga topshirishni bilmaganingiz uchun. (Who)
3. Think less, do more. (Kam o'yla — ko'p ishla) Bu degani o'ylamasdan ishlash kerak degani emas. Bir ish haqida bir marta o'yla, keyin boshqa qaytib kelma. Bir marta tasdiqla, boshqa qaytib to'g'irlama. • Ishni boshlashdan avval tahlil qilma, o'ylama, qancha kuch ketishi haqida o'ylaman, 5 daqiqa ichida boshla.
Asl postni Telegramda ochish →