"Qanday qilib" emas, "Kim" deb soʻrang
Hayotning har sohasi uchun "Qanday qilaman?" oʻrniga "Kim yordam bera oladi?" deb soʻrash natijaga yillar emas, oylarda olib boradi. Lekin siz ham ularga qiymat berishingiz kerak.
Hayotingizning har bir qismi uchun "Who" toping. U o'z ishini eng kuchli mutaxassislaridan bo'lishi kerak.
Oldin miyamda shu savollar bo'lar edi:
1. Moliyaviy savodhonlikni o'rganishim kerak, qanday qilsam bo'ladi? 2. Jamoa qurishda muammo bor, qaysi kitobni o'qisam ekan? 3. Daromadimni 3-5x oshirishim kerak, qanday qilish mumkin? 4. Qanday qilib nafsimni tarbiyalasam bo'ladi? 5. Uyga mebel topishim kerak, qaysi dokonga boray? va shunday ko'plab savollar bor edi. Sezgan bo'lsangiz deyarli hammasida "qanday qilaman" degan savol bor. Aynan shu savol bizni 10x, balki 100x tezroq o'sib ketishimizdan to'sib turipti.
Agarda "qanday qilib" savolini o'rniga "kim?" degan savolni bersak nima bo'ladi?
1. Kim menga moliyamni to'g'irlashimga yordam bera oladi? Kim meni o'rnimga to'g'irlashi mumkin? 2. Kim jamoani tizimlashtirib bera oladi? (Bu mentor bo'lishi mumkin, bu PM bo'lishi mumkin, bu kurs bo'lishi mumkin.) 3. Kim meni o'sishimga yordam bera oladi? Kim meni yangi darajaga olib chiqadi? 4. Kim meni nafsimni tarbiyalay oladi? 5. Tanishlarimdan kim mebel sohasida ishlaydi?
Ishoning birinchi "Qanday qilib degan" yo'l bilan yursangiz bir necha yil umringiz ketadi, natijani ham ola olmasligingiz ehtimoli baland. "Kim" degan savolni berib bir necha oyda bu masalalarni hal qilish mumkin.
Lekin bir narsani unutmang.
Siz ham ular uchun "Kim" bo'lishingiz kerak. Yani faqat olish emas, birinchi navbatda ularga qanday qiymat bera olishingiz haqida o'ylang, so'ng ulardan yordam oling.
Asl postni Telegramda ochish →