Agentlik egalari uchun topshirish tizimi
Xodimlarning takroriy savollarini Loom video darsliklar bazasiga aylantirish va har ishdan oldin oʻz vaqtingiz qiymatini hisoblash usuli berilgan. Boshqaruvchi shunday fikrlamasa, jamoa ham, oʻzi ham yaxshi daromad qilmaydi.
Agentlik egalariga yoki jamoa bilan ishlaydiganlar uchun foydali ma'lumot.
1. Har safar xodim oldingizga bir savol bilan yoki masala bilan kelsa:
- xodimni o'zidan birinchi bo'lib yechim taklif qilishini so'raysiz
- xodimning o'zida yaxshi yechim bo'lmasa → kompyterga o'tirasiz → Loom dasturini ochasiz → yechimni video darslik ko'rinishida yozasiz → videoni youtube yoki masalan exode ga joylaysiz → har safar qaysidir xodim shu savol bilan kelsa shu darslikni qo'liga topshirasiz → shunday taribda ishlab 6 oyda hamma masala uchun yechimlar bazasiga ega bo'lasiz.
***
2. Har safar bir ishni o'zingiz qo'lingiz bilan bajarishdan avval 2 ta savol bering:
- bu ishning qiymatini meni ketkazadigan vaqtimning qiymatidan balandmi yoki pastmi? (buning uchun 1 soat vaqtingiz necha pul turishini aniqlashingiz kerak) - bu ishni kimga topshirsam bo'ladi? - nima qilsam kelajakda bu ishni qaytib o'zim qilmayman? (1 punktga qaytasiz) - nima qilsam kelajakda bu ish minimal vaqtimni oladi? - o'ta professionallar uchun — shu ishni qanday qilib telefonda hal qilsam bo'ladi?
Manbaalar: 1. Buy back your time - Dan Martell 2. Who not how 3. Shaxsiy tajriba 4. Mihail Grebenyuk.
P.S
Bir narsani tushunishigiz kerak — bu boshqaruvchilar uchun.
Hamma boshqarishga intilishi kerakmi? — yo'q. Hamma o'zini ishini qilishi kerak.
⚠️ Agar boshqaruvchi shunday fikrlamasa na xodimlar na boshqaruvchi yaxshi daromad qiladi.
Asl postni Telegramda ochish →