Kanalga obuna
Kitob konspekti · 1-oktabr, 2025

Effortless kitobidan 16 ta instrument

Effortless kitobidagi 16 ta qoida: invert, start, simplify, automate, gratitude va boshqalar. Ishni osonlashtirish, tempni topish va shukr qilishni oʻrgatadi.

Effortless kitobidan 16 ta instrument: (oxirgisini butun umrga eslab qoldim)

1. Invert —  har qanday qiyin vazifa oldingizda turgan bo'lsa, bir marta bo'lsa ham savol berib ko'ring — oson yo'li bo'lsachi? Mutlaqo teskari usul bo'lsachi? Masalan 10.000$ daromad bir oylik maqsad bo'lsa 1000$ dan 10 ta odamga xizmat ko'rsatish mumkin, balkim 1 ta 10.000$ ga sotish mumkindir? Yoki sotmasdan pul ishlash mumkindir?

2. Enjoy — ishlarni nima qilsangiz qiyinchiliksiz bajarasiz? Shunday joy/sharoit/vaqt/imkoniyatlarni qidiring. Masalan zalga chiqish qiyin, lekin tennis sizga yoqadi bu ham sport.

3. Release — hamma hafagarchilik, yomon xotiralar, qasos, birovning haqqi, sizni tushkunlikka soladigan narsalarni qo'yib yuboring. Kechiring, kechirimli bo'ling.

4. Rest — ish vaqtini chegaralang. Freelancer bo'lsangiz ham.

5. Notice — bir ishni qilsangiz diqqatingiz, ko'zingiz, tanangiz, fikrlaringiz, kuchingizni bir joyga jamlang. Kelajakni, o'tmishni o'ylamang. Hozirga fokusni qarating. (Kitobni shunday o'qib ko'ring)

6. Define — bir ish qilishdan avval, shu ishni yakuniy ko'rinishi qanday bo'lishini avvaldan bilish, tushunish, belgilab olish kerak. Masalan sayt qilasiz, aniq TZ asosida bajarish kerak.

7. Start — ishni boshlash qiyin. Miyyada siz doim to'liq ishni tasavvur qilasiz va shunga ketadigan quvvat haqida o'ylaysiz. Unday qilmang. O'sha ishni 3% bajarish haqida o'ylang va shu qismini bajaring. Masalan kitob 300 bet. 3 bet o'qishni reja qiling bo'ldi.

8. Simplify — osonlashtiring. Osonlashtirish bu ishni bajarishga kerak bo'ladigan qadamlarni osonlashtirish emas, ularni umuman olib tashlash. Masalan yaxshillab o'ylab ko'ring qanday qilib natijaga 1-2 ta qadam bilan erishsa bo'ladi? Har qanday ishda

9. Progress — ideal natijadan ko'ra, har kunlik bir qadam siljish yaxshiroq. Yuqorida post bor slow is smooth, smooth is fast.

10. Pace — o'zingizni har ishdagi tempingizni toping. Masalan man 20-25 varoq kitob o'qiy olaman, ko'p o'qisam charchayman. Kuniga 4 soat samarali ishlay olaman, ko'p ishlasam ertaga ishlay olmayman va hokazo. Keyin asta sekin oshirib borasiz bu ko'rsatkichlarni. Muhimi bugungi ish ertangiga yo'mon ta'sir qilmasligi kerak.

11. Learn — noldan nimanidir yasamang. Doim boshqalarning tajribasi va bilimini birinchi navbatda qidirib topishga xarakat qiling.

12. Lift — (Who not how kitobini o'qing) Doim bun qanday qilaman deb emas, bu ishni kim qiladi deb savol bering. Jamoa bilan ishlang, ishlarni topshiring.

13. Automate — doimiy takrorlanadigan ishlar bo'lsa shunday qilingi siz bir marta shu ishni qilib, boshqa umuman bu ishga qaytmaslikka xarakat qiling. Avtomatlashtiring. Masalan biznesda SOP, asistent olish, ishni topshirish, video darslik yozib qo'ying, shablonlar tayyorlash.

14. Trust — odamlarga ishoning. Buning uchun haqiqatdan kuchli mutaxassislar bilan ishlang.

15. Prevent — doim muammoni hal qilishga emas, uni yuzaga kelmasligi uchun xarakat qilish osonroq. Oldindan ko'ra olish kerak.

16. Gratitude — har safar hayolingizga yomon fikr kelganida, bir narsadan noligan paytingiz — o'sha zahoti bor narsalaringizga shukr qiling. Masalan ovqatlanishga restoranga kirdingiz, ovqat bemaza chiqdi, jahlingiz chiqdi, lekin ortidan Alloh sizga shu yerda ovqatlanish uchun sharoit berganiga shukr qiling. Minglab odamlar ochlikdan o'lyapti.

Kitob 10/10. O'qigan kitoblarim ichida eng zo'rlaridan biri bo'ldi.

Asl postni Telegramda ochish →