Effortless kitobidan 5 ta amaliy qoida
Kitobdan muallif hayotida qoʻllay boshlagan beshta qoida: shukr, natijani oldindan kelishish, tizimlashtirish, chuqur fokus va oldindan rejalashtirish.

Shu Effortless kitobini o'qiganimdan so'ng shaxsan o'zim hayotimda qo'llashni boshlagan narsalar:
1. Har safar nimagadir norozi bo'lsam, nimadandir jahlim chiqsa — o'sha zahotiyoq shukr qilish uchun sabab topish. Bu nima uchun kerak? Odam to'g'ri qarorlar qabul qilish, hayotida balans bo'lishi uchun u doim yaxshi kayfiyatda bo'lishi kerak.
2. Har qanday ishni boshlashdan avval — uning yakuniy ko'rinishi qanday bo'lishini oldindan kelishib olish. Bu shu ishni qilish jarayonida ishni 10 marta topshirib xatolarni to'g'irlashdan ko'ra 1-2 urinishda kutilgan natijani berishni o'rgatadi.
3. Hayotimda doim takrorlanadigan ishlarni ro'yxatini tuzish — ularni tizimlashtirish/avtomatlashtirish. Masalan biznesda: har bir tug'ilgan muammo, savol yoki masala uchun video darslik yozib SOP shaklida kompaniya akademiyasiga qo'shish. Har kuni ovqatlanish, ovqat tanlashni o'rniga bir oylik ovqatni oldindan buyurtma qilib qo'yish va hokazo.
4. Bir ishni qilsam deep fokus qilish, masalan bir odam bilan gaplashsam yoki kitob o'qisam yoki ishlasam — diqqatim, ko'zim, fikrim, vujudim, hayolim, qalbim shu ishga qaratilishi kerak. Agarga bularda bittasi boshqa joyda bo'lsa shu ishni tushunishim 50% qirqiladi.
5. Har doim bir necha qadam oldindan o'ylash. Huddi shaxmat kabi. A, B, C rejangiz bo'lsa ularning ham A, B, C variantlari bo'lishi kerak.
Hozircha shularni ishlatdim. Qolgan qoidalar bu yerda
Asl postni Telegramda ochish →