Kanalga obuna
Roʻyxat · 20-noyabr, 2024

Oleg Torbosovning 9 ta asosiy prinsipi

Yozma kelishuvlar, yoʻq deyishni bilish, pul va baxt bogʻliq emasligi, hayotda balans kabi 9 ta prinsip jamlangan. Daromad ehtiyojdan va kelisha olish qobiliyatidan kelib chiqadi.

Oleg Torbosovning 9 ta asosiy prinsipi

Oleg Torbosovning eng TOP prinsiplari:

1. Hamma narsa yaxshilikka bo'ladi. Sizga kelgan qiyinchiliklar, muammolar, yomon insonlar, xatoalarning barchasi sizga tajriba beradi.

2. Yozilmagan narsa — yo'q narsa. Hamma kelishuvlar, va'dalar, vazifalar, qoidalar yozma bo'lishi kerak. Yozilgandagina o'z kuchiga ega bo'ladi.

3. Pul har doim yetarli. Odam har qanday miqdordagi pul bilan yashay oladi. 100.000 so'mga ham, 1 mlnga ham, 10 mlnga ham. Odam har qanday xolatga moslashish imkoniga ega. Boriga shukr qiling.

4. Daromadingiz — daromadga ehtiyojingizdan kelib chiqadi.

5. Pul va baxt bir biriga bog'liq emas.

6. Odob (halollik) — baxtli va farovon hayot kechirishning asosiy ustuni.

7. Yo'q deyishni bilish kerak. Uyalib, qo'rqib, tortinib ha deyish keyinchalik siz uchun yomon oqibatlarga olib keladi.

8. Siz kelisha olgan narsangizni, kelisha olgan miqdorda qo'lga kiritasiz. Xizmatingizni 300$ ga ham $3000 ga ham sotish mumkin.

9. Hayotda doim balans va meyorga intilish. Faqat ish bilan, yoki faqat oila bilan, yoki faqat ilm bilan band bo'lish xato. Hammasida meyyor bo'lishi kerak.

Asl postni Telegramda ochish →