Kanalga obuna
Roʻyxat · 3-dekabr, 2025

Hayotdan chiqargan xulosalarim

Muallif koʻp ishlash, baraka, shukr va oʻzini yoʻqotish haqidagi tushunchalari bilan boʻlishadi. Xatoni oʻylash emas, tuzatish bilan band boʻlish kerak.

Ba'zi tushungan narsalarim:

Ko'p ishlashni → ko'p pul topishga aloqasi yo'q.

Sabablarni hammasini qilib → natijaga chiqmaslik ham mumkin.

Samaradorlikga emas → barakaga intilish.

Qiyinchiliklarni, musibatlarni hammasi → o'z qo'limiz bilan qilgan xatolar natijasi.

Dunyoni ishlarini, oxirat ishlaridan ustun qo'yish → xayotingizni qiyinlashtiradi.

Odamlarga nisbatan qilgan har bir yomon ishingiz, o'yingiz, kibr yoki xasad → sizga yoki o'sha odamdan yoki boshqa odamlardan qaytishi mumkin.

O'zingizdan ham boshqalardan ham nolish, nafratlanish, jaxl qilish, ayblash → hech qachon xolatni yaxshi tomonga o'zgartirmaydi. Doim shukr qiling. Erishgan narsalarimizni hammasini Alloh berdi → erishmoqchi bo'lgan hamma narsalarimizga Alloh yordam beradi. Men qildim emas → Alloh berdi. Men erishaman emas → Alloh beradi. "Men" degan narsani yoqotishga urunaylik, yashash juda oson bo'lib qoladi.

Qilgan xatolarni o'ylash 10 soat vaqt olsa → to'g'irlash 1 soat oladi. O'ylash emas, to'g'irlash bilan band bo'laylik.

Dunyo ishlari va oxirat ishlari bir paytga to'g'ri kelib qolsa → oxirat ishlarini tanlang, yutqazmaysiz.

Asl postni Telegramda ochish →