Yaxshi gumon qilish kuchi
Miya yomon ssenariylarga moyil, lekin umidsizlik holatni yaxshilamaydi. Yaxshilikni kutish va Allohga tavakkul qilib harakat qilish chuqur holatdan chiqarishini aytadi.
Nima uchun miyamizda, yaxshi fikrlardan ko'ra yomonlari ko'p?
Ong doim o'zini himoya qilishga xarakat qiladi va eng yomon "ssenariylar" uchun tayyorlanadi.
Bir tomondan bu yaxshi, chunki hamma narsaga tayyor bo'lasiz. Boshqa tomondan yomon, chunki doim salbiy "negativ" fikrlashga o'rganib qolasiz.
Bir narsani aniq tushundim. Qanday xolatda bo'lishingizdan qat'iy nazar, qanday xato qilgan bo'lishingizda qat'iy nazar, umidsizlikka tushib, yomon "ssenariyni" o'ylash hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi, masalani yaxshi tomonga o'zgartirmaydi.
Lekin doim yaxshilikni kutish, har qanday holatdan rozi bo'lish, har qanday xolatda yaxshilikni umid qilish, eng chuqur joylardan ham sizni olib chiqib keta oladi.
Shuning uchun miyangizdan:
• o'xshaymaydi • bo'lmaydi • qila olmayman • hozir yomon bo'ladi • eng hammasi tamom • bundan yomon bo'lishi mumkin emas • boshqara olmayman va shu turdagi barcha fikrlarni sug'urib tashlang.
Chunki yaxshilikni kutsangiz, yaxshi natijaga chiqish ehtimoli bo'ladi. Yomonlikni kutsangiz o'sha kichik natijani ehtimolini ham o'ldirasiz.
Alloh taolo aytadi (Hadisi Qudsiy): “Bandam Men haqimda qanday gumonda bo‘lsa, Men u uchun shundayman.”
Chunki yomon ssenariylarni o‘ylaganingizda, siz rejangizni faqat o‘z kuchingizga tayangan holda, ya’ni “MEN” degan nuqtadan qurasiz.
Lekin qanday holatda bo‘lishingizdan qat’i nazar, rozilik bilan, yaxshi niyat qilib, Allohdan yaxshilikni umid qilib, Unga tavakkul qilgan holda harakat qilsangiz — siz yolg‘iz emasligingizni tan olib harakat qilgan bo‘lasiz.
Va aynan shu nuqtada sizni muammolaringizni Alloh hal qiladi.
Asl postni Telegramda ochish →