Birinchi qadam seniki, qolgani Allohniki
Duo qilishdan oldin sabab qilish, yaʼni birinchi qadamni tashlash kerak. Qadam tashlangach, yoʻl ochiladi va Alloh yordam beradi.
Birinchi qadam seniki, qolgani Allohniki.
Bizni vazifamiz natijaga aniq ishonish va nafsni yengib birinchi qadamni tashlashga kuch va irodamizni ishga solish.
Qolganini Allohga topshiring. Qolgani oson bo'ladi. Yo'l birinchi qadamdan so'ng ko'rinadi va ochiladi.
Yuqoridagi 2 ta narsani qilmasdan turip duoingiz ijobat bo'lishini kutish xato deb o'ylayman.
Biz duoda Allohdan ish so'raymiz, sog'liq so'raymiz, muammolarga yechim so'raymiz, imkoniyat so'raymiz, baraka so'raymiz, kuch-quvvat so'raymiz, va yani ko'plab narsalarni so'raymiz. Lekin shu narsalar amalga oshishi uchun hech bo'lmasa bitta qadam tashlamaymiz. Yotvolib birgap bo'lar deb natijani kutamiz.
Misol uchun:
1. Namozga erinayotgan odam birinchi rakatini o'qisin, qolgan 9 rakat uchun Alloh kuch beradi. 2. Mijoz topish uchun reklama yoq, keyin natijani kut 3. Nimagadir sizga sharoit kerak, birinchi bir marta bo'lsa ham so'rab ko'r, keyin sharoit beriladi. 4. Birinchi o'zing ehson qil, keyin senga ko'paytirilib beriladi. 5. Birinchi sen yaxshilik qil, kutma hech kimdan, keyin senga yaxshilik keladi.
Hayotimizda qanday qiyin vaziyat bo'lishidan qat'iy nazar, shu yuqoridagi 2 ta ishni qilib keyin so'raylik, siz kutmagan, tasavvur qila olmaydigan, aqilga sig'maydigan joydan natija olasiz.
Bugun duolarimizni bir tahlil qilaylik, so'rayotgan narsalarimizga erishish uchun sababini qilyapmizmi, yoki faqat so'rayapmizmi?
Asl postni Telegramda ochish →