Kanalga obuna
Fikr · 20-yanvar, 2025

Yaxshilik qiling, natijaga bosh qotirmang

Kimgadir yaxshilik qilsangiz yoki yomon yoʻldan qaytarmoqchi boʻlsangiz, vazifangiz sabab qilishdir, natija esa sizning qoʻlingizda emas. Niyat Alloh uchun boʻlsa, toʻxtamaslik kerak.

Tasavvur qiling ukangiz, akangiz yoki do’stingiz bor.

Har kuni bomdodga uyg’otasiz, lekin qarasangiz turmayapti. Bir xarakat qildingiz, ikki harakat qildingiz gapingiz o’tmadi.

Keyin o’zi biladi, baribir gapimni eshitmayapti, nima qilaman vaqtimni ketirib deysiz.

Vaholanki bu ishingizni asli kim uchun qilayotgan edingiz?

Agar Alloh uchun bo’lsa nega to’xtatdingiz?

Kimgadir yaxshilik qilayotgan bo’lsangiz, yomon yo’ldan qaytarmoqchi bo’lsangiz — natijasi haqida siz bosh qotirmang. Sizni vazifangiz sabablarni qilish, natijaga olib chiqish emas.

Asl postni Telegramda ochish →