Kanalga obuna
Motivatsiya · 20-aprel, 2025

Butun fokusingizni oʻzingizga qarating

Boshqalarning xatosiga emas, oʻz xatolaringizga va yechimga eʼtibor bering, kunlik va yillik rejangiz hamda mustahkam qadriyatlaringiz boʻlsin. Rejasiz kun boshqalarning maqsadiga xizmat qiladi, yaxshilikni esa Alloh uchun qiling.

Butun fokusingizni o’zingizga qarating.

Odamlarni xatolari haqida gapirmang, qaramang. O’zingizni xatolaringizni to’g’irlang.

Odamlarni o’zgartirishga xarakat qilmang, o’zingiz ibrat bo’ladigan odam bo’ling ular o’zlari o’zgaradi.

O’zingizda yo’q narsani boshqalardan talab qilmang.

Hamma hayotingizda bo’layotgan muammolarga faqat o’zingiz sababchisiz. Muammolar haqida o’ylamang, o’ylashga vaqt sarflamang. Yechimi haqida o’ylang.

O’tgan kun haqida o’ylamang, hozir nima qila olasiz? Shu haqida o’ylang.

Atrofingizdagi 99% odamlar o’zi haqida o’ylaydi. Qat’iy prinsiplaringiz, kuchli qadriyatingiz bo’lishi kerak. Agar bo’lmasa doim hayotingiz boshqalarni qo’lida o’yinchoq bo’ladi.

Har kunlik/oylik/yillik rejangiz bo’lishi kerak, bo’lmasa boshqalarning rejasi, maqsadi uchun xizmat qilasiz.

Har bir maqsadsiz, rejasiz uyg’ongan kuningiz biling siz o’zingizni maqsadlaringiz uchun emas boshqalarning maqsadi uchun kun o’tkazayotgan bo’lasiz. Yaxshi agar o’sha insonlarni maqsadi yaxshilik bo’lsa, foydali ish bo’lsa. Lekin juda ko’plari faqat shaxsiy manfaati uchun ishlaydi.

Xato qilishimiz aniq, lekin bu xatolar bizni chalg’itib qo’ymasligi kerak. Tez to’g’ri yo’lga qaytish, yechimlar haqida o’ylash kerak.

Vaqtimiz juda kam, boshqalarning hayotini muhokama qilish, xatolari haqida gaplashish, o’ylash uchun.

Siz yaxshi inson bo’lsangiz, yaxshilik qilsangiz nima uchun boshqalar unday emas ekan deb o’ylamang. Yaxshilikni odamlar uchun emas, Alloh uchun qiling.

Asl postni Telegramda ochish →