Burn out sababi: kutuv va natija toʻqnashuvi
Burn out koʻp ishlashdan emas, miyadagi kutuv bilan real natija mos kelmasligidan chiqadigan krizisdan boshlanadi. Yechim kun tartibi va shaxsiy protokol: uyqu, reja, energiya beradigan ishlar, prinsiplar, odatlar, deep work.
Nima uchun doimiy ravishda bir hil energiya bilan ishlay olmaymiz? Nima uchun orada bizda “burn out/выгорание” juda ko’p bo’ladi?
Buni ko’pchilik ko’p ishlagandan deb o’ylaydi, yechimi dam olish deb o’ylaydi, lekin muammo ancha chuqurroqda joylashgan. Sababini bilganingizdan so’ng bu xolatga umuman boshqa ko’z bilan qaraydigan bo’lasiz.
“Burn out” xolatida hech narsa qilgingiz kelmaydi, ishni doim ortga surasiz, ishga bo’lgan qiziqish so’nadi, o’zingizni kasaldek hil qilasiz, odamlardan uzilgingiz keladi. Ko’pchilik biroz dam olib yana ishga qaytib muammoni ildizi bilan emas, sabablari bilan kurashib kelishadi. Manam shunday qilar edim …
Bunaqa xolatga tushishni asl sababi — miyyadagi krizis. Bu krizis hayolingizdagi kutuvlar bilan real hayotdagi natija bir biriga mos kelmaganida xosil bo’ladi. Masalan bir necha oy ishlab 10.000$ daromad qilaman degan hayolda yurasiz, hali yo’q pulga har hil maqsadlar qo’yasiz, ishni yakunlaysiz, lekin 1000$ daromad qilasiz, shunda miyangizda krizis boshlanadi. Kutuv va real voqelik bir biri bilan to’qnashadi. O’sha nuqtadan boshlab sizda “burn out” boshlanadi, nima uchun? Chunki miya shuncha ishlab hech narsa olmadim, endi ishlamayman degan xolatga tushadi. Yana savol tug’uladi, nima uchun kutgan natijani olmadik? Yoki noto’g’ri kutuv qo’ydikmi?
Buni 2 ta man bilgan sababi bor. 1-sabab kutuvni juda katta qo’yib yuborish, 2-sabab o’sha natijaga yarasha ishlamaslik.
Nima uchun natijaga yarasha ishlay olmaymiz? Nima uchun doim bir xil energiya bilan ishlay olmaymiz? Nima qilsak doimiy stabil o’sish bo’ladi?
Bitta narsani to’g’irlasak hammasi avtomatik tarzda to’g’irlanadi. Bu bizni kun tartibimiz va shaxsiy protokolimiz.
→ o’z vaqtida to’g’ri uxlash → kunni to’g’ri rejalashtirish → energiya beradigan ishlarni qilishimiz → shaxsiy prinsiplarimiz → rivojlanishimizga sababchi bo’ladigan odatlar → deep work.
Eng qizig’i bularni hammasini bir necha oy avval 2 soatlik darslik ko’rinishida yozib workshop formatida chiqargan edim, yana bir bor o’zim ko’rib chiqishim kerak ekan.
Agar orangizda bu darslikni ko’rmaganlar bo’lsa hozir ham @umidikrom shu akkauntga yozib sotib olishingiz mumkin.
Asl postni Telegramda ochish →