Kanalga obuna
Kitob konspekti · 4-yanvar, 2026

Sam Ovensdan unumdorlik xulosalari

Muallif videodan 8 ta xulosa chiqargan: multitasking zarari, kunni bloklarga ajratish, telefon va tarmoqlarni cheklash, yaxshi uyqu. Asosiy gʻoya: bir vaqtda bitta ish va oddiy hayot.

Bu yerda video uchun link qoldirgan edim, xulosalar bilan bo'lishmoqchiman:

1. Kun davomida bir vaqtning o'zida 2 ta ish qilib siz miyangizda "multitasking"ni rivojlantirar ekansiz. Masalan: Ish stolingizda ovqatlanib ham ishlab o'tirsangiz, miyangizni tezroq va osonroq chalg'ishi uchun mashq qildirayotga bo'lar ekansiz.

2. Video'dagi Sam Ovens, bir videoni ochsam oxirigacha ko'raman qancha bo'lishidan qat'iy nazar, yoki musiqa eshitsam yarmida keyingi musiqaga o'tkazib yubormayman deydi. Sababi, mayda ishlarni oxirigacha olib bormaslik, katta ishlarni oxirigacha olib bormaslikka o'rgatar ekan. (Siz ham o'ylab ko'ring)

3. Kun davomida bu ishlarga qancha vaqt sarflaysiz? - ovqatlanishga borish, ovqat tanlash, yana ishga/uyga qaytish - sportga borish, shug'ullanish, yana uyga qaytish - ko'chadagi uchrashuvlar, borish va kelish.

Masalan shu narsalarga kuniga 2 soatdan sarflasangiz, bu bir yilda 30 kun vaqtingiz degan.

Sam Ovens har bir daqiqasidan unumli foydalanish haqida o'ylaydi. Masalan 1 oylik ovqat menyusini 1 marta tasdiqlaydi, uyida oshpaz ovqat qiladi. Ko'chada umuman ovqatlanmaydi, o'ta muhim uchrashuvlar bo'lsagina chiqishi mumkin (Biz bir oylikni oldindan buyurtma qilsak bo'ladi).

Sport zali uyiga 5 daqiqalik yo'ldan uzoq bo'lsa chiqmaydi.

4. Kuni aniq bo'limlarga ajratilgan - uxlash / uyg'onish - ovqatlanish - sport - ish boshlanishi va tugashi

5. Ijtimoiy tarmoqlarni umuman ishlatmaydi. Telefonida sms/telefon/kamerda/brauzer shulardan boshqa hech qanday dastur yo'q. 00:00 dan 12:00 gacha telefonni ham ishlatmas ekan.

6. Yaxshi uxlash, ko'p ishlashdan ko'proq pul olib keladi. Uyquni tejab bo'lmaydi. Har kuni bitta vaqtda yotish kerak.

7. Oddiy yashash: - qanday kiyim kiyay - nima ovqat yesam ekan - qayerga dam olishga borsam ekan degan savollar umuman bo'lmasligi kerak. Maqsad kottaroq narsalarda bo'lishi kerak.

8. Bir vaqtning o'zida faqat bitta ish / bitta loyiha bilan band bo'lish.

Asl postni Telegramda ochish →