Frilansda uyqu muhokama qilinmaydi
Uyquni tejash kun sifatini tejash bilan barobar, bitta buzilgan narsa hamma ishni domino kabi yiqitadi. Post tez uxlab qolish va ertalab samarali ishlash uchun amaliy qoidalarni beradi.
💻 Frilansda daromad. 15/30 qadam
Frilansda ishlashdagi "muhokama qilinmaydigan" narsa bu uyqu bo'lishi kerak. Bitta shu narsa buzilsa, hamma ishlaringiz birma-bir domino yiqilganidek buzilishni boshlaydi.
Man faqatgina shaxsiy tajribam va o'rgangan narsalarim bilan bo'lishaman. Aminman bu yozgan fikrlarim vaqt o'tib o'zgarmaydi.
⏰ Vaqt tejayman deb uyquni tejash → kuningiz, kun davomida qiladigan ishlaringiz sifatini va samaradorligini tejash bilan barobar.
Tajriba: Ko'p marta man 6 soat uyqu yetadi, deb kam uxlaganman, lekin kun davomida charchab 3-4 soat uxlab qolish, yoki umuman ishga kirisha olmaslik, yoki fokusni bir joyga yig'a olmaslik bilan to'qnashganman. Eng katta muammo charchagan, yetarlicha uxlamagan odam doim ishlashiga nimadir yetishmaydi, ovqat, noqulay stul, joy, atmosfera va hokazo. Buni sababini endi topdim.
⏳Shaxsan o'zim uchun eng qulay payt 20:30 - 5:00 ekan. (Bu vaqt fasldan kelib chiqib orqaga yoki oldinga surilishi mumkin.) Eng muhimi davomiyligi va ertaroq yotish. (oxirgi 30 kun ichida taxminan 70% shunday o'tdi)
🪓 Tajriba: → Har qanday grafikga to'g'ri kelmaydigan takliflarga yo'q deyish → Uxlashdan bir soat oldin ishni to'xtatish. (ertallab bitirgan samarali) chunki kechasi ishlaysiz → ishni tugata olmaysiz → charchaysiz → ertangi kun buziladi → ertaga ham ish tugamaydi. → Eng katta xalaqit beradigan narsa telefon. Man boshqa xonaga olib chiqib tashlamoqchiman. "Budilnik esa soatda bo'ladi" → Hal qilinmagan masalalar bilan uxlamang. Ularni hal qiling yoki ertangi kunga ko'chiring. → Hech narsa haqida o'ylamang, ko'zingizni yumib qo'rong'ulikkga qarang. 4-5 daqiqada uyquga ketishni boshlaysiz. → Hech narsa eshitmang. Musiqa / kino / videolar ko'proq o'ylashga majbur qiladi → Uxlayotganingizda qanday nafas olsangiz xuddi shunday nafasni immitatsiya qilishingiz kerak bo'ladi.
Bu eng asosiy narsalar edi. Yanada chuqur samaradorlik mavzusini o'rganmoqchi bo'lsangiz, hali workshopni ko'rmagan bo'lsangiz izohda "+" qoldiring.
Aslida bu mavzu boshlang'ich qadam bo'lishi kerak. Lekin qolib ketgani uchun shu yerga qo'shishga qaror qildim.
Asl postni Telegramda ochish →