Erta turish hayotni qanday oʻzgartiradi
Erta turgan odam kuniga 4-5 soat qoʻshimcha vaqt oladi va ishni stresssiz, shovqinsiz bajaradi. Bir oyda 150 soat qoʻshimcha vaqt va 2-3 barobar samaraliroq ish beradi.
Nima uchun erta turish xayotimizni o'zgartirishi mumkin?
Ertallab turgan odam o'zini boshqacha odam deb xisoblaydi.
1. Odamlar endi uyg'ongan paytida, siz bir kunlik ishingizni tugatib bo'lgan bo'lasiz. 2. Boshqalar kunni o'rtasida, hamma ishlar qaynab turganda stressda uyg'onsa, siz esa o'sha kunga tayyorlanishingizni o'zi uchun 4-5 soat vaqtingiz bo'ladi. 3. Erta turishda baraka bo'ladi. 4. Rivojlanish uchun vaqt bo'ladi. Kech turganinigizda kuningiz muammolarni hal qilish bilan o'tib ketadi. 5. Ertallab foydali odatlarni bajarish oson, chunki vaqtingiz ko'p bo'ladi. 6. Erta turish orqali 1 oy ichida 150 soat qo'shimcha vaqtga ega bo'lasiz. 7. Ertalab ishlash, kun davomida ishlashdan ko'ra 2-3x barobar samarali. Chunki stressiz, shovqinsiz, energiyaga bo'y bo'lib ishlaysiz.
Bu juda qiyin ish, lekin 10x o'sishga yordam beradigan ish.
Asl postni Telegramda ochish →