Organizmdan olingan qarz foiz bilan qaytadi
Uyqusizlik qarz kabi toʻplanadi va fokus, fikrlash, jismoniy holat hisobidan qaytariladi. Uyquda tejash mumkin emas.

Eng yomon qarz organizmdan olingan qarz. Chunki u % bilan qaytib oladi.
Misol uchun odam o’rtacha bir kunda 7-8 soat uxlashi kerak. Agar bugun siz 4 soat uxlasangiz, ertaga 2 soat emas, 2.5-3 soat qo’shimcha uxlashga to’g’ri keladi.
Agar 5-6 kun davomida shunday tartibda kam uxlab yursangiz organizmda baribir qarz yig’ilib boraveradi.
Uyqu bilan o’rnini to’ldira olmasa, organizm boshqa resurslardan kompensatsiya qilishni yani kamaytirishni boshlaydi.
Misol uchun: - fokus tushib ketadi - bor potensialni ishlatib fikrlay olmaysiz - jismoniy toliqish - organizm dam olishi uchun og’riqlar signal sifatida paydo bo’ladi.
Va boshqa ko’plab yo’llar bilan organizm qarzni qaytarishga xarakat qiladi.
Nimada tejasangiz ham uyquda tejamaslik kerak ekan. Chunki uni baribir to’laysiz.
Asl postni Telegramda ochish →