Qarzdan chiqish yoʻli moliyaviy va ruhiy
Qarz fokusni, tinchlik va sogʻliqni oladi. Post qarzdan chiqishning moliyaviy qadamlarini va ruhiy tomondan oʻzini tutish yoʻllarini beradi.
Qarz.
Juda yomon narsa.
3 ta xolatda qarz olinar ekan.
1. Boshqa qarzlarni yopish uchun 2. Ko'proq pul ishlamoqchi bo'lsa (biznesga investitsiya) 3. Yaxshash uchun (umuman puli qolmaganida)
3 ta xolatda ham o'zimiz aybdormiz.
Qarzga kirmaslik uchun doim yig'ilgan pulimiz bo'lishi kerak ekan.
Qarzi bor odamning fokusi, tinchligi va sog'ligi yoqoladi.
Qarzdan chiqish yo'li (moliyaviy tomonlaman):
1. Qarzdan chiqaman, qarzlarimni beraman deb niyat qilish kerak. 2. Qarzlarni ro'yxati bo'lishi kerak, kimdan qancha olgansiz. 3. Eng kichik qarzlardan boshlab berishni boshlash kerak. 4. Qarzlar 2-3 ta joydan bo'lsa hammasini kam kamdan yopish kerak. 5. Birdaniga hamma summani beraman deb o'ylash xato ekan. 6. Xarajatlarni maksimal qisqartirish kerak. 7. Qarzlarni uzish uchun keladigan daromadni rejalashtirish va shu rejaga muvofiq ishlash kerak. 8. Qarz berganlar bilan suxbatlashish va xolatni tushuntirish kerak. Deadline kelganda emas, hali kelmasidan gaplashib qo'yish kerak. 9. Qarz to'lanmagan har bir o'tib ketgan kun siz o'sha odamni haqqini yeyotgan bo'lasiz. Buning uchun javob berishga to'g'ri keladi.
Ruhiy tomonlama:
1. Qarz paytida odam o'zini yoqotib qo'ymaslik uchun aniq chiqib keta olaman degan fikrni o'ziga qaytarishi kerak. Tushkunlikka tushuradigan hamma narsalarni va hayollarni yoqotish kerak. 2. Qarz paytida odamni qo'li ishga bormaydi, bunaqa xolatga tushmaslik uchun 1-navbatda odam kun tartibiga e'tibor qaratishi kerak. Kun tartibi buzilsa hamma narsa orqaga ketishni boshlaydi. 3. Sport bilan shug'ullanish, nimadadir yutishingiz kerak. Sportdagi yutuqlar miyyani tinchlantiradi va yaxshi fikrlashga undaydi. 4. Kasal bo'lishingiz mumkin emas, shuning uchun bu vaqt davomida sog'liqga qattiq e'tibor qaratish kerak. Kasal bo'lsangiz yana qarzga kirish va vaziyatni og'irlashtirishga to'g'ri keladi. 5. Uyqu juda muhim ekan. Qarzi bor odam uxlay olmay qoladi, shuning orqasidan kun bo'yi ishlay olmaydi. Hohlasangiz ham, hohlamasangiz ham o'zinigizni yaxshi uxlashga majbur qilishingiz kerak.
*Shaxsiy tajribadan kelib chiqib yozildi.
Asl postni Telegramda ochish →