Kanalga obuna
Qoʻllanma · 5-iyul, 2024

Kortizol va stressni normallashtirish yoʻllari

Doimiy stress kortizol gormonini oshirib, kayfiyatga, terisoch va ichki aʼzolarga taʼsir qiladi. Uni normallashtirish uchun yaxshi uyqu, sport va fikrlashni oʻzgartirish tavsiya etiladi.

Kortizol — odam stress holatiga tushganda ishlab chiqariladigan gormon.

Odam agar doimiy ravishda stress holatida yursa, odamni organizmida tinimsiz ravishda bu gormon ishlab chiqarishni boshlaydi.

— sizga hech narsa yoqmaydi — ishlagingiz kelmaydi — jahlingiz chiqadi — qattiq charchaysiz — ko'p ovqat yegingiz va uxlagingiz keladi. — hech kim bilan gaplashgingiz kelmaydi. Bir muddatga yo'q bo'lib qolishni istaysiz.

Birinchi navbatda odamni umumiy holatiga ta'sir qiladi, keyinchalik esa odamning terisi, sochlari, suyaklari va ichki o'rganlariga ta'sir o'tkazishni va ularni zaiflashtirishni boshlaydi.

Kortizolni qanday qilib normallashtirish mumkin?

1. Yaxshi uyqu — uyqu stressga qarshi kurashish uchun eng kuchli instrument hisoblanadi. Yaxshi uyqu doimiy ravishda hayotingizdagi mikro stresslarni o'z o'rniga tushirib turadi. Uxlamagan odamning esa organizmida kortizol doimiy ravishda o'sib boradi.

2. Sport — sport qon aylanishini yaxshilaydi, sport, harak tiriklik belgisi. Jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish odamni tinchlantiradi, stressni kamaytiradi.

3. Fikrlashni o'zgartirish — doimiy ravishda o'zingiz haqingizda yomon fikrlashingiz axvolni battar yomonlashtiradi. Birinchi navbatda yaxshi fikrlashga o'tish va sinishingizga yo'l qo'ymaydigan kuchli atrof muhitga ega bo'lishingiz kerak.

Uyqu va sportga qattiq e'tibor qarating.

Kimda shunaqa holatga bo'lgan izohlarda bo'lishing

Asl postni Telegramda ochish →