Pozitiv va negativ stress farqi
Maqsadsiz stress zararli, maqsadli stress esa foydali. Oʻrmondagi misol bilan kortizol va dofamin ishlashi tushuntiriladi.
Ko'p muammolarni sababi stress.
Stress 2 xil bo'ladi
1. Pozitiv stres (foydali) 2. Negativ stres (zararli)
Tasavvur qiling.
🏔 O'rmondasiz, yolg'izsiz, qorong'udasiz. Daraxt o'rtida nimadur qimirlayapti shu payt avtomatik tarzda organizmda juda katta o'zgarishlar boshlanadi. Qon bosim oshadi, tomirlar tarranglashadi, katta miqdorda kortizol gormoni ishlab chiqarilishi boshlanadi. (Kortizol stress paytida ishlab chiqariladi). Buning eng katta sabablarida biri — siz o'sha payt nima qilishni bilmaysiz. Chunki daraxt ortida nima turganini bilmaysiz. U odammi, ayiqmi yoki bo'rimi yoki umuman boshqa narsami. Xuddi shu vaziyatda sizda negativ stress payti kuzatiladi. Bu stress imunitetni juda qattiq tushirib yuboradi, kasal bo'lishingiz, ovqat yeya olmasligingiz, kayfiyat qattiq tushib ketishi kuzatiladi. Kortizol miqdori oshishi — immunitet tushishiga olib keladi.
🐺 Endi qarasingiz daraxt ortida bo'ri ekan. Siz reja tuzishni boshlaysiz, yugursam yetib oladi, urushsam yutqazaman demak daraxtga yetib borib maksimal balandroqqa chiqishim kerak deb. Bu vaziyatda sizda aniq reja paydo bo'ldi. Sizda aniq maqsad bor. Endi daraxat tomon yugurishni boshlaganingizda esa organizmda bo'ya ishlab chiqarilgan kortizol dofamin gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi, bu odamda motivatsiya paydo bo'lishiga olib keladi. Maqsadli stres organizmda noradrenalin gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Bu esa immunitetni qayta 100% tiklanishiga olib keladi. Bu pozitiv stres xisoblanadi. Bu odamga juda foydali.
Hozirgi kundagi har hil tadbirkorlar, mutaxassislar va frilanserlarda aynan birinchi turdagi stress kuzatilgani sababli ko'pchiligining doim kayfiyati o'zgarib turishi. tez-tez kasal bo'lishi, (emotional burn-out) bo'lishi va boshqa ko'plab muammolar kuzatiladi.
Maqsadsiz stress — zararli Maqsadli stres — foydali
Yuqoridagi matn misol bilan ancha tushunarli bo'ldi deb o'ylayman.
P.S Bu misolni sokolovskiy podkastida bir mutaxassis tushintirib bergan.
Asl postni Telegramda ochish →