Maqsadlar koʻp, lekin talab yoʻq
Maqsadga erishmaslik sababi bahonalar emas, unga emotsional bogʻliqlik va talab yoʻqligidadir. Maqsad sizni larzaga keltirmasa, u shunchaki orzu.
Nima uchun maqsadlarimiz ko'p, lekin erishish uchun kuch va xoxish yo'q?
Yildan yilga yangi maqsadlar yoziladi, har dushanba hayotni boshidan boshlayman deysiz, lekin ko'pi esdan chiqip ketadi.
Sizda aniq $1000, $10.000, $100.000 topish uchun reja bo'ladi. Nima qilish kerakligini aniq bilasiz. Lekin qilmaysiz.
Nega? - vaqtim yo'q - investitsiya kerak - sharoit yo'q - Avval tayyor bo'lishim kerak deb o'ylaysiz, lekin adashasiz. Bularni hammasi bir tiyn.
SIZDA SHUNGA YARASHA TALAB YO'Q. O'sha maqsadlarga bo'lgan emotsional bog'lanish yo'q. Shunga yarasha og'riq yo'q.
Aytishingiz mumkin, masalan maga moshina kerak, man uchun muhim, qattiq hohlayman deb. Maqsad ham qo'ygansiz, moshinani modelini, rangini yozgan bo'lishingiz mumkin, lekin bu ham talab emas.
Talab o'ta qattiq maqsadga emotsional bog'liqlik hosil bo'lganda paydo bo'lar ekan.
Tasavvur qiling:
1. Telfon jiringladi, xabar keldi — oyingiz kasal bo'lib qolgan. 30 kun ichida operatsiya qilish kerak,sizga $15.000 kerak. Hozirgi daromadingiz $1.5K-$2K. Shu nuqtadan boshlab miyangizdagi hamma pul topishga bo'lgan bahonalaringiz nolga teng bo'ladi. Topasiz shu pulni.
2. Bir inson sizga qattiq yoqadi. Oila qurish uchun pul kerak, masalan 2 oyda pul topmasangiz, bu imkoniyatdan quruq qolasiz. Natija — o'sha pulni topasiz.
Bu yerda o'sha maqsadga erishishga undaydigan bir nechta narsa bor:
1. Sizga yaqin insonning xayoti 2. Natijaga erishish sizni maksimal baxtli qiladi 3. Natijaga erisha olmaslik — eng katta baxtsizlikka olib keladi.
Endi o‘ylang: Sizning maqsadlaringiz shunday emotsiyani uyg‘otadimi? U sizni larzaga keltiradimi? Agar yo‘q bo‘lsa — demak bu shunchaki orzu.
Talab bo'lsagina imkoniyat keladi.
Asl postni Telegramda ochish →