Ogʻriq va maqsad oldinga undaydi
Muallif 2022 yilda puli yoʻq holda koʻchada qolgan voqeani aytib beradi. Oʻsha ogʻriq uni oʻzidan jahl qilib, qattiq ishlashga va masʼuliyat olishga undagan.
Odamni 2 ta narsa oldinga shiddat bilan xarakatlantiradi.
1. Og'riq. 2. Maqsad.
2022 yilda bir do'stim bilan hamkorlikda ishlar edik. U paytda bir loyihada oylikka ishlar edim. O'sha ortog'imni moshinasi bor edi. Yo'li tushsa bir xil payt birga uyga ketar edik. Bir kun shunday vaziyat bo'ldiki umuman pulim qolmagan edi. O'sha paytda juda yaqin bo'lmaganimiz uchun unga bu haqida aytishga uyaldim. Uyga avtobusda ketishga ham pulim yetmas edi. Ofisda edik, uyga ketadigan vaqt bo'ldi. Ichimda duo qilib turibman bugun uyimgacha olib borib qo'ysa yaxshi bo'lar edi deb. Uyda bir o'zim yashar edim. Alhamdulillah birga ketdik uy tomon. Bir hil payt uyimgacha olib borar edi, bir hil payt yarim yo'lgacha olib chiqib qo'yar edi. Bu safar ichimda o'ylab ketyabman ishqilib bu safar uyimgacha olib borib qo'ysin deb. Yarim yo'lgan kelganimizda
"Umid bugun, mani ishlarim bor edi, sizni shu yerda tashlab ketaman" dedi.
Shu gap qattiq yuragimni og'ritdi 💔.
Ko'cha sovuq, kuz-qish mavsumi edi. Pul so'rashga odam ham yo'q. Ko'chada qoldim.
Man o'rtog'imda hafa bo'lmadim, o'zimdan jahlim chiqdi. Qanday qilib bu xolatgacha keldim deb. Nima uchun yetarlicha ishlamadim, nega yalqovlik qildim, nega o'qimadim, yangi narsalar o'rganmadim degan yuzlab xayollar o'tdi.
O'sha payt qattiq ishlashga o'zimga va'da berdim va qaytib bu holatga tushmadim.
O'sha voqea yaxshiroq, qattiqroq, samaraliroq ishlashimga turtki bo'ldi.
Mandagi holat unchalik jiddiy emas edi, lekin tasavvur qiling uyda kimdir bemor, yaqin insoningizga yordam kerak, shu payt qo'lingizdan hech narsa kelmaydigan xolatda o'zingizni tasavvur qiling.
Shuning uchun bunaqa xolatga tushmang ham, tushmasdan oldin o'zingizni qo'lga olib, qati'iyatli bo'ling. Mas'uliyatni hil qiling. Yalqov bo'lmang. Natijaga erishish uchun sababini qiling.
Asl postni Telegramda ochish →