Kanalga obuna
Hikoya · 17-oktabr, 2024

Dodamdan olgan qatʼiyat darsi

Yomgʻirda eshik taqillatib, qoʻshnilar orqali egasini topgan dodasi misolida qatʼiyatlilik koʻrsatiladi. Qatʼiyat taslim boʻlmay oxirigacha borishdir.

Yaqinda dodam bilan birga bir tanishini uyiga ko'rishga bordik.

Uylarini oldiga to'xtadim, eshikni 5 daqiqa taqillatib turdim. Hech kim chiqmadi. Uyda odam bo'lmasa kerak deb dodamga aytdim.

Yo'q yana chaqir dedilar. Hech kim chiqmadi.

Keyin o'zlari ulovdan tushib taqillatdilar. Hech kim chiqmadi.

Bir qarasam qo'shnini uyiga kirib ketyaptilar. Yomg'ir qattiq yog'ayotgan payt.

Qo'shnini uyiga kirib, ular bilan tanishib chaqirib berishlarini so'radi.

Ular ham uydan turib chaqirdi, hech kim chiqmadi. Keyin telefon raqamini topib telefon qildirdilar.

Yomg'irda chaqirganimiz eshitilmagan ekan birozdan so'ng ular uyidan chiqdi.

O'shanda katta ish bo'ladimi, kichik ish bo'ladimi hamma joyda qat'iyatli bo'lish kerak degan darsni ulardan oldim. Ular hech qachon alohida o'tirib dars bermaganlar. Faqat o'zlari o'rnak bo'lgan.

Qat'iyatlilik — judayam kam insonlarda bo'lgan xislat. Birdaniga taslim bo'lmaslik, oxirigacha borishni ifodalaydigan xislat.

Asl postni Telegramda ochish →