Dadamdan olgan 10 ta hayotiy dars
Umid otasining hayotidan oʻn ta dars keltiradi: gʻazablanmaslik, silai rahm, ishonchlilik, vaqtni hurmat qilish, sport, kitob oʻqish va misol boʻlish. Yoshi ulugʻ insonlardan insaytlar yigʻib borishga chaqiradi.

07.07.1935 - 23.06.2025 — Julamanov Ikrom
Dodamdan olgan ba'zi bir darslarni shu yerda qo'lishini istadim. Bu maslahatlarga amal qilganlarning savobi ularga yetib turishi umidida.
1. G'azablanish, nolish, arazlash hech qachon hech qanday foyda olib kelmaydi, faqat zarari tegadi. Shu 20 yil ichida ularni qattiq bir narsaga g'azablanganlarini eslay olmayman.
2. Silai rahm. Ularni bir odatlari bor edi, har kuni bir nechta odamlarni eslab telefon qilib turish. Bu yaqin qarindoshlar, do'stlar, birodarlar, farzandlar. Ulardan foyda olish uchun emas, yaxshi ko'rinish uchun emas, faqat savob, odamiylik uchun eslab turish. Doim birinchi bo'lib bog'lanish.
3. Ishonchli odam bo'lish, yordam so'rab kelganlarning qo'lini umuman qaytarmaslik. Kichik bo'lsa ham yordamni ayamaslik.
4. Boshqalarni vaqtini, o'zlarini vaqtlarini xurmat qilish. Doim chaqirilgan joyga biroz bo'lsa ham ertaroq borib turish, kech qolmaslik uchun. Bir ishni vaqtini kirishini kutib emas, vaqti kirishidan oldin tayyor bo'lib turish. Taxminan 6 yoshimdan boshlab eslayman, namoz vaqtlari kirishi bilan darhol o'qir edilar. Shu odatni umuman tark qilmaganlar.
5. Qayerda tanishlar, yaqinlar, qo'shnilar orasida bemorlar bo'lsa albatta borib ko'rib kelish.
6. Yoqtirgan ishingizda ishlash. Ular taxminan 80-85 yoshlarigacha buxgalter bo'lib ishlaganlar. Ishini yaxshi ko'rganligi uchun oxirigacha ishlaganlar.
7. Har kuni sport bilan shug'ullanish. (har kuni 1 km yugurar edilar)
8. Har qanday xolatga rozi bo'lish, xissiyotlarga berilmaslik, har qanday qiyin vaziyatda xotirjam bo'lish.
9. Har kuni o'qish. Har kuni yoki kitob, yoki xujjatlar yoki jurnallar o'qir edilar.
10. Odamlarga gapirgandan ko'ra, tirik misol bo'lish. Kam gapirar edilar, lekin hamma narsani o'zlari misolida ko'rsatar edilar.
Sizning ham yaqin yoshi ulug' insonlaringiz hali xayot bo'lsa ular haqida ma'lumotlarni yig'ib qo'ying, intervyu o'tkazing, insaytlarni yozib yuring.
Asl postni Telegramda ochish →