Tadbirkor uchun fundamental koʻnikmalar roʻyxati
Sohaga oid bilimdan oldin intizom, moliya, fokus va qaror qabul qilish kabi asosiy koʻnikmalar kerak. Ularsiz biznesdagi har bir qadam muammo tugʻdiradi.
Muvaffaqiyatli mutaxassis yoki tadbirkor bo'lish uchun birinchi navbatda shu yo'nalishda chuqur bilim kerak deb o'ylar edim, lekin aslida har bir odam fundamental ko'nikmalarga ega bo'lib so'ng sohaga tegishli bo'lgan bilimlarni olish kerak ekan degan xulosaga keldim.
Sababi pastdagi fundamental ko'nikmalarsiz, biznesda o'sish uchun tashlagan har bir qadamingiz sizga muammolar tug'dirishni boshlar ekan.
Fundamental ko'nikmalar: - maqsadingizga olib bormaydigan har qanday taklif uchun yoq "RAD" javobini berish - shaxsiy moliyani to'g'ri boshqarish - fokus bilan har kuni uzluksiz ishlash (eng kamida 4 soat) - har kuni sport bilan shug'ullanish - xussiyotga berilib xaridlar qilmaslik - har qaday vaziyatda aloqada bo'lish - har kuni o'qish uchun vaqt sarflash - pulni jamg'arish - pulni to'g'ri joyga sarmoya qilish - ishlarni prioritetlarga to'g'ri ajratish - mijozlar, xodimlar, odamlar bilan kelishuv qila olish - har bir ishni bir necha qadam oldindan o'ylab qilish - har bir aytgan gapini ustidan chiqish - qarorlar qabul qilishdan, fikrini aytishdan, o'ylagan narsasini aytishdan qo'rqmaslik - foydali odatlarni shakllantirish va ularni davomiy bajarib borish - bir marta qilgan xatosini qayta takrorlamaslik - doimiy ravishda aktivlarini oshirib borish (blog, moliya, bilim, netvorking) - har qanday stressni ko'tara olish - har qanday vaziyatda tiniq va tez fikrlay olish - xatolarni tan olish, tushunish, qabul qilish. - odamlarga ishni ishonib topshirish - kerak paytda odamlarni qattiqo'llik bilan boshqarish - qat'iy o'zgarmas prinsiplarga ega bo'lish - ishdagi prinsiplarni shakllantirish - doim tizim qurishga xarakat qilish - bir ishni tanlash va butun fokusni faqat bir narsaga qaratish - ochiqchasiga gaplashish, hech narsani yashirmasdan ochig'ini gapirish - har kunni aniq reja asosida o'tkazish - mazmunsiz suhbatlar, uchrashuvlarni yo'qotish - har soniyani his qilish, boshqarish (foydasiz narsalar qilayotganingizni his qilish va to'xtash) - boshlagan narsangizni to'xtatib qo'ymaslik, nima bo'lgan taqdirda ham doim bajarish - o'tgan ishlar haqida emas, keyingi qadam haqida o'ylash - sog'liqni asrash, doim jismoniy baquvvat bo'lishga intilish
Odamlarni maktabda 1-sinfdan 8-9 sinifigacha shu ko'nikmalarni mustaxkam shakllantirib, keyin 15-16 yosh paytida sohasi bo'yicha ishlasa yoki tadbirkorlik qilsa hozirgi kundagi judayam ko'p mutaxassis va tadbirkorlardan 10x samaraliroq va tezroq o'sgan bo'lar edi deb o'ylayman.
Bu ko'nikmalarni mustaqil o'rganish judayam qiyin deb o'ylayman. Shuning uchun yoshlikdan yoki otasidan, akasidan, ustozidan o'rganishi kerak ekan. Bu narsalarni to'g'ridan to'g'ri kimdadir ko'rib yoki to'g'ridan to'g'ri eshitib o'rganilar ekan.
Asl postni Telegramda ochish →