Kanalga obuna
Qoʻllanma · 20-iyun, 2026

Eng muhim ishni aniqlash koʻnikmasi

Kimdir 2 soat ishlab natija qiladi, kimdir 10 soat ishlab joyida turadi, farq prioritet koʻnikmasida. Post Pareto qonuni va muhim ishni tanlashning 4 ta amaliy usulini beradi.

Ko'p ishlasangiz ham, huddi hech narsa qilmagandek tuyg'u paydo bo'ladimi?

Nima uchun kimdir 2 soat ishlab katta natija qiladi, kimdir 10 soat ishlab joyidan siljimaydi?

Aynan shu ko'nikma odamni yangi darajaga, yangi mas'uliyatlarga olib chiqadi.

Buni sababi bitta ko'nikma yetishmasligida.

Har doim eng muhim ishni aniqlay olish va ishlarni muhimlik darajasi "prioritet" bo'yicha bajarish ko'nikmasi.

Paretto qonuni. 20/80. 20% ish 80% natijani beradi. 10 ta lidda 2 tasigina 80% daromad keltiradi. Lekin hamma lidga bir xil energiya sarflaymiz.

Shu ko'nikmani hali to'liq shakllantira olmadim, lekin shunga yordam beradigan instrument bilan bo'lishmoqchiman.

1. Har kuni ertallab o'zingizga savol bering, agar bugun qaysi ishni qilsam kunimdan rozi bo'laman deb. Chunki qaysi ish muhim deb savol bersangiz hamma ish muhimdek tuyuladi. 2. Pul hozir, pul keyin formulasi. Kontent qilish → pul keyin. Bor lidlar bilan gaplashish → pul hozir. 3. Eng muhim ishni eng birinchi bo'lib kunning boshida bajarish. 4. Qaysi ishlarni bajarmasligingiz kerakligini ham aniqlang.

Nima uchun miyamiz tez chalg'ib ketadi, muhim ishni qilmaydi? Chunki muhim ish bitta katta qiyin ish. Miyaga ko'p lekin mayda ishlarni qilish yoqadi.

Asl postni Telegramda ochish →