Karra-karra oʻsish: katta domino usuli
Tez oʻsganlar koʻp ishlagani, aqlliroq yoki boy boʻlgani uchun emas, balki har kuni bitta eng katta ishni topib bajargani uchun oʻsadi. Mayda ishlar bilan band boʻlish esa oʻsishni sekinlashtiradi.

Qanday qilib qisqa muddatda karra-karra o'sish mumkin?
2021 yildan beri shaxsan o'zim taniydigan bir nechta do'stlarim va chet eldagi ekspertlar taxminan 10x-20x-50x-100x-500x ga o'sganiga guvoh bo'ldim. Shaxsan manga qiziq edi, qanday qilib bunday tez o'sish mumkin? Qanday qarorlar yoki ishlar yoki loyihalar orqali?
⏰ Sababi ko'p ishlashmi? Yo'q, ularning orasida 3-4 soat ishlaydiganlari ham bor.
🧠 Aqllimi? Yo'q, ± bir hil.
💸 Investitsiyami? Yo'q, ± hamma bir hil boshlagan.
Unda nima degan savol bor edi ❓
Bugun "Experts Secrets" kitobida javobni topdim.
Tim Ferris (Haftasiga 4-soat ish) kitobini yozgan odaming "Big domino" deb ataladigan usuli bor ekan. Bu usul 20/80 qoidasiga o'xshab ketadi.
Buni tushunish uchun Asil va Sardor misolida ko'ramiz.
❌ Asil: Butun kunini 10 lab vazifalar bilan to'ldirib, 5-10 daqiqa o'ylashga ham vaqti qolmaydi.
✅Sardor: Kunlik 2-3 ta asosiy vazifasi bor, qolgan vaqti tahlil qilish, strategiyalar haqida o'ylashga ketadi.
❌Asil: 10 ta ish qilib $1000 ishlamoqchi bo'ladi.
✅Sardor: 1 ta loyiha qilib $20.000 ishlamoqchi bo'ladi.
❌Asil: Rejada faqat bugungi kun/hafta bor
✅Sardor: Yaqin 1-2 yillik aniq strategiyasi bor.
Bu ro'yxatni cheksiz davom ettirsa bo'ladi, lekin siz ma'nosini tushunishga xarakat qiling.
Sardor miyyasida bitta fikr bor: qaysi bitta katta ishni qilsam, hamma muammolarga yechim bo'ladi? Kun davomida faqat shu ishni topishga fokusi qaratilgan bo'ladi. Bu ishni topib bajarganda esa, juda ko'p muammolarni yechadi va ko'p ishlarni hal qiladi.
Asilning miyasida esa: shu bugun 25 ta ishim bor, hammasini tugatsam bo'ldi, kunim o'tsa bo'ldi deb kun bo'yi faqat mayda-chuyda ishlar bilan band bo'ladi. 15-20 daqiqa vaqt ajratib to'xtab, o'zi nima qilyabman, qayerga qarab ketyabman? Degan savollarni o'ziga o'zi bermaydi. Shunday qilib yillar o'tsa ham o'sish juda sekin bo'ladi.
Xulosa shuki biz doim eng muhim ishni topa olishni o'rganishimiz kerak. Shu eng muhim ish qolgan mayda muammolarni yechadi.
⚠️ Ko'p sotsam bo'ldi deb $100 maxsulotni 10 ta odamga sotib yurish mumkin, yoki vaqt sarflab, o'ylab bitta odamga 1000$ mahsulot sotish yo'lini topish mumkin.
Qattta ishlarni qilish uchun ko'p ilm olishingiz kerak bo'ladi. Shuning uchun odam miyyasini ishlatgisi kelmaydi. Kichik ishlar esa komfort zonada.
Asl postni Telegramda ochish →