Kanalga obuna
Roʻyxat · 4-avgust, 2026

Ishda tezlik va masʼuliyat uchun 10 qoida

Muallif ishni tez va sifatli olib borish uchun assistent yollash, AI ga vazifa topshirish, bitta loyihaga fokus, energiya va aniq shartnomalarga tayanishini sanaydi.

Ishda tez xarakat qilish va mas'uliyat bilan ishlash uchun quyidagilarni qilyabman:

1. Assistent oldim (2 ta, yana olishni reja qilyabman). Ularni olishimdan sabab rejadagi ishlarni barchasi jarayonda bo'lishi kerak, man ishni ketishiga to'sqinlik qilmasligim kerak.

2. AI assistent — judayam ko'p ishlarni topshirib yubordim • Rejalshtirish • Kalendar • Uchrashuvlarni belgilash • Saytlardagi editlarni to'g'irlash • Kod yozish • Research qilish • Taqdimotlar tayyorlash • Qarorlarni qabul qilishda yordam olish • Konspektlarni tahlili • Uchrashuvlarga tayyorgarlik va boshqa juda ko'p vazifalar.

3. Kun tartibi buzilsa hamma rejalar buzilib ketadi shuni to'g'irlashga xarakat qilyabman.

4. Bitta loyihani olaman, tugataman so'ng keyingisiga o'taman, parallel loyihalar doim fokusni buzadi, sifatni tushuradi.

5. Energiya - vaqtim ko'p bo'lsa ham kuchim bo'lmasa hech narsa qila olmayman. (Uyqu, Badlar, vitaminlar, sport, miyyaga dam berish, kamroq o'ylash, kun tartibi)

6. Doim kunni rejalashtirish, kechasi tahlil qilish, kalendarda ishlarni rejalashtirish.

7. Yo'q javobini ko'p aytish, va'dalar bermaslik, fokus.

8. Clarity (Aniqlik) aniq shartnomalar tuzish (sanasi, puli, vaqti, dizayni, ko'rinishi, talablar) hamma joyda.

9. Miyyan qolib ketgan ishlardan bo'shatish. Oldingi qilgan ishlarimizda tushunmovchilik bo'lgan bo'lsa, kamchiliklar bo'lsa hammasini birma-bir to'g'irlashni boshladim.

10. Xotirjamlik. Kamroq o'ylash. Xatolarni tahlil qilish. Ilm olish.

Asl postni Telegramda ochish →