Kanalga obuna
Qoʻllanma · 30-yanvar, 2025

Assistentni qachon olish kerak

Rutina va mayda ishlarga botib, vaqt yetishmasligidan pul yoʻqotsangiz, assistent olish vaqti. Post foyda hisobini, oylik oraliqlarini va 3000 dan 5000 dollargacha daromadda birinchi assistentni olishni tushuntiradi.

Assistentni qachon olish kerak

Assistent qachon olish kerak?

Esingizda bo'lsa shaxsiy assistentlikka vakansiya ochgan edim.

Ariza qoldirgan odamlardan bir odamni tanlab oldim.

O'zi qachon assistent olish kerak degan savolga javob bermoqchiman

1. Rutina bilan bandsiz. O'zgarmas, bir hil ishlarni o'zingiz qilasiz.

2. Fokus mayda ishlarda, o'sishda emas - Uchrashuvlarni, qo’ng’iroqlarni va tadbirlarni rejalashtirish. - Uchrashuvlar haqida eslatish. - Mijozlar bilan uchrashuvlar belgilash. - Mijozlar uchun KP (taqdimot) tayyorlash. - Raqobatchilarni tahlil qilish. - Referenslar yig’ib chiqish. - Mijozlar bilan telefonda/zomda gaplashish. - Mijozlardan to’lovlarni qabul qilib olish. - Joy topish, bron qilish, xisoblarni yopish. - Uchrashuvlarda syomka qilish stories uchun. - Platformalarga to’lov qilish (Tilda, Podia, Zoom, Photoshop, Notion va boshqalar)

3. Vaqt yetishmasligi sabab pul yoqotyabsiz. - xabarlarga javob bera olmaslik - mijozlar bilan kommunikatsiya uzulishi - vaqtida mijozlar bilan bog'lanmaslik

4. Muhim ishlarni doim ortga surish.

💸 $3000-$5000 daromadga chiqganingizda birinchi assistentni olsangiz bo'ladi.

✔️ Yaxshi assistent 30% vaqtingizni tejashi kerak.

1 soat ish vaqtingzi nechi pul turishini xisoblang. Keyin asisstent bir oy ichida necha soat sizning vaqtingizni tejashini aniqlang. Misol uchun:

1. Soatiga 30$ ishlab topasiz 2. Bir oyda 30 soat vaqtingizni tejasa, siz qo'shimcha 900$ tejagan bo'lasiz. 3. Agar assisten oyligi 400$ bo'lsa, siz 500$ foydadasiz

Tejalgan vaqtda ko'proq ishlashingiz, katta mijozlarni olishingiz, rivojlanishingiz yoki boshqa muhimroq ishlarni qilishingiz mumkin.

Qancha oylik berish kerak?

1. Frilansda / onlyan ishlasa va kuniga 3-4 soat vaqt ajratsa — $200 - $500 2. Shtatda full time ishlasa — $600 - $1500 3. Biznes assistent (PM, CEO) — $2000+

Man hozir 1 oy test rejimida $300, keyinchalik oshib boradigan tizimga o'tmoqchiman. Fevralda ish boshlaymiz, mart oyida natijalar bilan bo'lishaman.

Assistent olish uchun vakansiyani misoli:

Asl postni Telegramda ochish →