Kanalga obuna
Kitob konspekti · 28-may, 2025

Who not How: kam, lekin sifatli qarorlar

Qarorlar koʻpayganda ularning sifati tushadi. Koʻp qarorni oʻrniga bitta odamni jalb qilish qarorini qabul qilib, rutinani Who ga topshiring.

Hayotingizda qanchalik ko'p qarorlarni qabul qilsangiz ularni sifati ham shunchalik yomon bo'lar ekan.

Samarador insonlar kam qarorlar qabul qilishadi, lekin ular sifatli bo'ladi.

Who — sizga rutinali ishlardan ozod bo'lish va strategik o'ta muhim bo'lgan ishlarga fokus qaratishga yordam beradi.

10 ta kelajakda qabul qilish kerak bo'lgan qarorlarni o'rniga, 1 ta odamni jalb qilish qarorini qabul qiling. (Masalan: har safar zalga borib mashg'ulotlar haqida o'ylashni o'rniga — trener olish, biznesda ham shunday yoki uylanish juda ko'p qarorlardan ozod qiladi 😂)

Natijasi aniq bo'lgan, sizning ishtirokingiz talab etilmaydigan barcha ishlarni Who'ga topshirish

"Who not How" kitobidan insaytlar. (Agar endi obuna bo'lgan bo'lsangiz shu yerdan boshlang )

Bu mavzuni yanada chuqurroq tushunish uchun youtubeda "Sam Ovens" ismli odamni videolarini ko'rib chiqishni maslahat beraman. 10-20 yilga yetadigan qarorlarni qabul qiladi.

Asl postni Telegramda ochish →