Kanalga obuna
Hikoya · 9-may, 2026

Transformatsiya birinchi qadami: sogʻliq

Yangi sohaga oʻtish uchun fokus, energiya va sogʻliq kerak, shuning uchun muallif sogʻliqdan boshlagan. Soʻng AI darsidan toʻrtta asosiy xulosa keltirilgan.

Nafaqat AI sohasiga o'tish, balki umumiy transformatsiya jarayoni boshlandi.

Har tomonlama o'rganayotgan narsalarimni siz bilan bo'lishib boraman.

Yangi sohaga o'tish uchun → fokus kerak → toza fikrlash → sog'lom bo'lish → energiya bo'lishi kerak. Shuning uchun birinchi qadamni sog'liqdan boshladim.

1. BAD va vitaminlarni oldim (Hozircha magniy, D3, K2, Ashvaganda, Omega, Zink) 2. Shakardan voz kechdim 3. Kontrast dush 4. Har kunlik sport 5. 3 raundlik nafas mashqi. 6. Uyquni to'g'irlash (Oxirgi 20 kundan beri uyqu kamroq bo'lsa ham, lekin kechalari bilan ishlashni to'xtatdim. )

Birinchi kunni o'zida "effektini" natijasini sezdim.

Bugun darsda kontent zavod mavzusi bo'yicha workshop bo'ldi. 4 soat. So'ng 3 soat qo'shimcha AI sohasiga kirish bo'yicha dars ko'rdim.

Bugungi olgan eng kotta xulosalarim: 1. Bu sohaga kirishga kech qoldim degan bo'lsangiz adashasiz, endi boshladi. 2. "Second Brain" yaratish sizga juda katta o'sish beradi (Miyangizdagi barcha bilim va tajribani hujjatlashtirish) 3. AI eko tizim yaratgan kompaniyalar oyiga emas, kuniga o'sishni boshlaydi. 4. Kontentlarni to'liq sizsiz qilish imkoni allaqachon paydo bo'lgan.

AI kirish uchun eng birinchi qadam bu — PROMPT engeneering. Ertaga shu mavzuni ichiga chuqur kiraman.

Asl postni Telegramda ochish →