Minimal vaqtda katta pul topish qadamlari
Muallif 4 yil oldingi holatiga qaytsa nima qilishini 5 qadamda yozadi: bitta asosiy vazifa, 3 ta koʻnikma, urinishlar soni va ustoz.
Qanday qilib minimum vaqt ichida maksimum katta pul topish mumkin?
Bundan 4 yildan oldin bu sohani endi boshlaganimda pul topishga qiynalganman. Juda ham ko'p harakat qilardim lekin pul topmasdim.
Hozir o'sha paytga qaytib qolganimda nima qilgan bo'lardim?
Bu postda shu haqida qadam-baqadam yozaman. Chunki bilaman, kanalimda noldan boshlagan va daromadi $500-$1000 da qotib qolgan mutaxasisslar juda ko'p.
Boshladik 👇
1️⃣ Ko’p narsaga chalg’ima va o’ylama. Eng muhim vazifalarni ajratib ol.
Odatda biz qilayotgan 80% ishlar natijaga katta ta’sir qilmaydi.
Har doim o’zinga savol ber. “– Shu qilayotgan ishim natijaga qanchalik ta’sir qiladi?”
Katta ta’siri yo’qmi? Vazifani almashtir.
Har bir natijaga erishishda ONE THING bor. Ya’ni bitta eng muhim vazifa.
Agar sanda 10 ta ish bo’lsa, hammasini qilish shart emas.
Shunday bitta ish bo’ladiki, shuni qilsang qolgan hamma ish o’z-o’zidan hal bo’ladi.
Bu - BIG DOMINO deyiladi.
Sani vazifang - BIG DOMINONI TOPISH.
2️⃣ $1000-$3000 daromadga chiqish uchun ko’p narsa kerak emas.
3 ta asosiy narsani boshlang’ich darajada bilsang bo’ldi.
1. Taklif/Produkt yaratish (bu holatda xizmat)
2. Potensial mijozlarni jalb qilish ya’ni lead olish
3. Kelgan leadlar bilan uchrashuv qilish va sotish
BO’LDI! JARAYONNI QIYINLASHTIRMA.
3️⃣ Keyingi 3-6 oy vaqtda shu 3 ta narsani o’rganish va amaliyotda qo’llashga harakat qil.
Hech qanday o’yin-kulgu, qizlar, do’stlar bilan ma’nosiz uchrashuvlar kerak emas. Fokusingni ishdan chalg’itadigan HAMMA narsani yo’qotish kerak.
4️⃣ Urunishlar soni hamma narsani hal qiladi.
Bitta mijoz, ikkita mijoz, uchta mijoz bilan ko’rishib ham sotuv qila olmasliging mumkin.
Nolima. To’xtab qolma. Bu boshida normal holat. Chunki boshida sanda tajriba yo’q.
Eng asosiysi har bir urinishdan keyin o’zingni tahlil qil. Nimani tog’ri qilding, nimani noto’g’ri.
Urunishlar soni qancha ko’p bo’lsa, shuncha natija bo’lish ehtimoli ko’p bo’ladi.
5️⃣ O’zingga ustoz, mentor top.
Qisqa vaqt ichida bir necha barobar o’sishning eng tez usuli bu - ushbu yo’lni allaqachon bosib o’tgan insonni aytganlarini qilish.
Yo’lda noma’lumliklar bo’ladi - nima qilishni bilmaysan.
Yo’lda qiyinchilik bo’ladi - hammasini tashlab ketging keladi.
Yo’lda dangasalik qilasan - kimdandir turtki kerak bo’ladi.
Bularni hammasida sanga ustoz juda katta yordam beradi.
Yuqoridagilarni har bir haqida alohida to’liqroq postlar yozaman.
Qiziq bo’lsa 🔥 qoldiringlar.
Asl postni Telegramda ochish →