Kanalga obuna
Roʻyxat · 21-yanvar, 2025

Agentlik qurishdan 20 ta xulosa

Post bitta agentlik yoʻlidan olingan 20 ta xulosani beradi: sabr, jamoa, bloglar, reglamentlar va oʻsish tezligi haqida. Asosiy fikr: agentlik 100% tayyorgarlik bilan emas, yoʻldagi muammolarni tez hal qilish bilan quriladi.

Путь одного агентства romanidan xulosalar.

1. 4-5 yil ichida eng Top agentlikka aylanish mumkin, agar sabr qilishga tayyor bo’lsangiz.

2. Agentlik qurishda 100% tayyorgarlik va aniq reja bilan ishni boshlash emas, balki yo’lda chiqgan muammolarni tez yecha olish muhimroq.

3. #1 ko’nikma odamlarni tushunish, ularni tanlashni bilish, boshqarishni bilish.

4. Tajribali xodimlar olish. Deyarli olingan barcha tajribasiz xodimlar ishni eplab ketisha olishmagan.

5. Biznes assistentni ishning eng boshida olish juda muhim. Mayda ishlar bilan umringiz o’tib ketadi.

6. Bepulga bo’lsa ham katta auditoriyalarga dars o’tish juda katta yordam beradi. Obunachilar va bo’lajak mijozlarni jalb qilasiz.

7. Blogingiz sizni raqobatchilardan 10x tezroq o’sishingizga, ko’p muammolarni hal qilishga yordam beradi.

8. Agentlik egasi doim reglamentlar yozishi kerak.

9. Xodimlar va hamkorlar bilan tez va to’g’ri hayrlasha olish kerak.

10. Sizni kimdir kamsitishi — juda tez o’sishga sababchi bo’lishi mumkin.

11. Sizni faqat sizdan pastdagi odamlar muhokama qilishadi.

12. Jamoa bilan chet elga sayohatlar qilish ularni samaradorligini bir necha barobarga oshiradi.

13. Ehson qilish kerak.

14. Estetika, dizayn va upakovka juda ko’p narsani hal qiladi.

15. Kompaniyaning prinsiplarini yozib chiqish va doim ular asosida ish tutish kerak.

16. Yashash joyingiz, ish joyingiz qimmat sotishingizga, samaradorlikka, fikrlash o’zgarishiga ta’sir qiladi.

17. Har doim qilgan ishlaringizga, muammolarga o’zingiz sababchisiz.

18. Kompaniyangiz rivojlanishini blogingizda translyatsiya qilish — bozordagi eng top xodimlarni jalb qilishga yordam beradi.

19. Jamoadagilarga rang berish — motivatsiyani zo’r usuli.

Misol uchun 1 mln $ sotuv qilsa - Leytenant

5 mln $ sotuv qilsa - mayyor

10 mln $ sotuv qilsa kapitan

Tarmoqli marketingdan olingan texnika.

20. Birinchi sotuvni 3 oy kutganmiz. Birinchi milliardni 9 oy kutganmiz. Birinchi 100 mlrd 7+ yil kutdik.

Sizga qaysi raqamda xulosa yoqdi, izohlarda yozib qoldiring?

#kitob #xulosa

Asl postni Telegramda ochish →